Mashq. Berilgan matndagi bitishuv aloqasiga kirishgan birikmalarni ajratib
ko‘chiring. Ular qanday so‘z turkumlari va qaysi xil gap bo‘laklari orasida ekanligini
tushuntiring.
Inson bamisoli bitta mashina, mashinaning sarf qilingan quvvatni foydali ishga
aylantirish qobiliyati turlichadir. Inson ham insonga foyda keltirish qobiliyati
turlicha. Fan mashinalarning shu qobiliyatini orttirishga, ya’ni sarf qilingan
quvvatdan iloji boricha ko‘proq foyda chiqarishga uringanday, tarbiya ham insonning
jamiyatga foyda etkazish qobiliyatini oshirishga urinadi. Fan hali sarf qilingan butun
quvvatini isrofsiz foydali ishga aylantiradigan mashina topolgani yo‘q, ammo tarbiya
buni topdi. Er yuzida shunday tarbiya borki, bu tarbiyani ko‘rgan kishi kuch va
umrini samarasiz, xudbinlik natijasi bo‘lgan ishlarga sarf qilmaydi (A.Qahhor).
20-DARS: SO‘Z BIRIKMASI Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning tobelanish asosida birikishidan
tuzilgan sintaktik birlik
so‘z birikmasi hisoblanadi.
So‘z birikmasi tarkibida
hokim so‘z va
tobe so‘z mavjud bo‘lib, tobe so‘z
hokim so‘zga ergashib keladi. Yuqorida aytilganidek, so‘z birikmasi gapning
tarkibidagi qismlari hisoblanadi.
So‘z birikmalari hokim so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra
quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Otli birikmada hokim so‘z ot bilan, tobe so‘z turli so‘z turkumlari bilan
ifodalanadi:
yaxshi so‘z (sifat+ot),
universitetning talabalari (ot+ot),
bizning shahrimiz (olmosh+ot),
uchinchi uy (son+ot),
aytilgan so‘z (sifatdosh+ot),
dukur- dukur ovoz (taqlidiy so‘z+ot),
oz so‘z (ravish+ot) kabi.