Mashq. Berilgan matndagi so‘zlarni biriktiruvchi asosiy vositalar – egalik,
kelishik affikslari va tuslovchilarni aniqlab, ularni o‘zlari bog‘lanadigan so‘zlari bilan
birga birikma holida ajratib yozing. Bularning qaysilari
ega kesim munosabatini
ko‘rsatuvchi gap ekanligini, boshqalarini esa so‘z birikmasi ekanligini ko‘rsating.
Avval Rais buva bilan boyagi suhbatdoshi, ulardan keyin Sherzod ichkari kirdi.
Xonada o‘n-o‘n ikki kishi o‘tirar, kabinet jihozlari oddiy edi. Devorga viloyat xaritasi
ilib qo‘yilgan edi. Sherzod stol to‘rida o‘tirgan kishini darrov tanidi. Kulcha yuzlarida
dehqoncha sodda bir ifoda aks etib turgan, doim do‘ppi kiyib yuradigan bu yigitni u
ilgari ham uch-to‘rt bor ko‘rgan, ammo gaplashmagan edi.
... Majlisda eng avval qisqa engli katak-katak ko‘ylak kiygan semiz bir kishi
so‘z oldi. Sherzod avvaliga e’tibor bermagan ekan. O‘rnida turganidan keyin uni
tanidi. Sherzod bu odamni dala shiyponida Rais buva bilan birga ko‘rgandi. Xona
salqin bo‘lishiga qaramay, bu kishi qizarib, bo‘zarib ketgan, kattakon ro‘molchasi
bilan hadeb yuzlarini, yo‘g‘on bo‘ynini ishqalab–ishqalab qo‘yardi. (O‘.Hoshimov,
«Nurli dunyo»).
TENGLANISH VA TOBELANISH Gapda so‘zlar bir-biri bilan yo tenglanish, yoki tobelanish orqali sintaktik
aloqaga kirishadi.
Tenglanish orqali birikadigan birikmalar tarkibidagi so‘zlar teng
xuquqli bo‘ladi, ya’ni biri ikkinchisiga tobelanmaydi. Ular tenglanish ohangi bilan
aytiladi. Tenglanish, asosan, uyushiq bo‘laklar va bog‘langan qo‘shma gapning
qismlari orasida bo‘ladi. Misol:
Biz do‘stlikni, halollikni va rostgo‘ylikni qadrlaymiz .
Bu gapdagi uchta vositasiz to‘ldiruvchi (
do‘stlikni, halollikni va
rostgo‘ylikni ) o‘zaro
tenglanish munosabatida birikkan, ular bir xil so‘roqqa javob bo‘lib keladi va o‘zlari
tobelanib kelgan hokim so‘zga (fe’l kesim -
qadrlaymiz so‘ziga) teng holda bog‘lanib
keladi.