Tilshunoslik asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə42/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

Konversiya. Konversiya – yangi so‘z yasash usuli bo‘lib, bunda bir grammatik turkumdagi so‘z boshqa grammatik turkumga o‘tadi. Yangi so‘z avvlgisidan morfologik, sintaktik xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Masalan, Yomonga yondoshsang, balosi yuqar.
Konversiyani quydagi ko‘rinishlari mavjud:

  1. Substantivatsiya- konversiya yo‘li bilan ot hosil bo‘lishi;

  2. Ad’ektivatsiya- sifat hosil bo‘lishi;

  3. Adverbializatsiya – ravish hosil bo‘lishi;

Rus tilida konversiyaning sifatdan ot hosil bo‘lish hodisasi ko‘p uchraydi. Masalan, portnoy, krepostnoy, vzroslыy, zaveduyuщiy, chasavoy kabi.
Nemis tilida otdan fe’l yasalish hollarini ko‘ramiz:
Pfeffern-garimdoriy, pfeffern-garmdori sepish, haus-uy, hausen-yashamoq.
Ingliz tilida fe’ldan ot yasash, yoki aksincha otdan fe’l yasash ko‘p uchraydi. Look-qaramoq; a look- nazar; stone-tosh; stone-tosh otmoq
Frantsuz tilida, poste-pochta, poste-pochtadan jo‘natmoq.
Reduplikatsiya. Reduplikatsiya o‘zakning to‘liq yoki qisman takrorlanish holati bo‘lib, u so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z yasovchi qo‘shimchalar vazifasini bajaradi. Bu avstroindoneziya tillarida ko‘proq uchraydi. Masalan, indoneziya tillarida:
api-olov, api-api-gugurt, solo-sochiq, solo-solo-dastro‘mol.
o‘zakning qisman takrorlanishi ham uchraydi. Masalan,Tagalь tilida: moho-qaynatilgan, momoho-pishgan,etilgan. Yava tilida:
lara-bemor, lelara-kasallik, laku-yurmoq, lelaku-sayohat qilmoq.
Ba’zan o‘zakning takrorlanishi ma’nodagi belgining kuchayishini bildirsa: Samoan tilida: eva-qadam bosmoq, evaeva-u yoqdan-bu yoqqa yurish; ba’zi tillarda esa takroriy belgining susayishiga olib keladi: vera-issiq, veravera-iliq, dagat-dengiz, dagatdagat-hovuz.
o‘zak tarkibidagi ba’zi tovushlarning o‘zgartirish yo‘li bilan takrorlash ham uchraydi. Masalan, o‘zbek tilidagi choy-ichmoq, choy-poy mehmon qilish, qog‘oz, qog‘oz-mog‘oz-har xil qog‘ozlar.
Suppletivatsia. Bir so‘zning turli grammatik formalari turli o‘zaklardan paydo bo‘lishi suppletivatsiya deyiladi. Masalan rus tilidagi: xoroshiy – luchshe, ploxoy – xuje, ingliz tilidagi: good – better, best, bad – worse kabi.
hind – evropa tillarida bo‘lmoq fe’lining tuslanishi, ayniqsa, suppletivatsiyaga yaqqol misol bo‘ladi. Masalan, ingliz tilida:
I shaxs - am
II shaxs – is
III shaxs – are ko‘rinishida bo‘ladi.
Ikki xil paradigmadagi so‘zlarning yaqinlashib, yagona ma’no kasb etishi ham suppletivatsiyani hosil qiladi. Masalan, ditya-deti, rebyonok-rebyata so‘zlarning ditya va rebyata so‘zlarining qo‘llanishi chegaralashib borib, rebyonok va deti so‘zlarining o‘zaro bir paradigmani hosil qilishi shunga misol bo‘la oladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin