Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


-мavzu: Konspekt. Konspekt turlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə36/145
tarix28.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#125997
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145
Majmua Akademik yozuv oxirgi

7-мavzu: Konspekt. Konspekt turlari.
Konspekt (lot. conspectus - koʻrinish) - kitob, maqola, leksiya va boshqalarning qisqa yozma bayoni. K. reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, fakt va misollardan iborat.
- reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
Konspekt turlari:
Rejali
Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi.
Matnga doir
ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi.
Erkin
Ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi
Xronologik
Hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.
Tahliliy
Ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.
Tematik
Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi.
Matnni o’qib chiqqandan keyin konspekt qilish usullari
1-variant.

Asosiy
so’zlar

Mohiyat,
asosiy fikr

Asosiy
fikrning ochib
berilishi

Xulosa, savollar,
shaxsiy munosabat





2- variant.

Asosiy masalalar

Masalalarning ochib berilishi



 Shu turdagi konspekt qilish nima beradi? Siz o’zingiz uchun konspekt qilishning qanday turini tanladingiz?
Mustaqil ish.
O’zingiz uchun konspektning har xil turlari: rejali, matnli, erkin, tematik (tahliliy va xronologik) turlariga ehtiyojni aniqlang.
Konspektning u yoki boshqa turishga zarurat nima bilan izohlanadi?
Referat – bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo’lgan g’oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi.
Tezis nima?
Tezis – Ilmiy asar, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo’nda ifodasi. Xaqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo’lgan hukm, mulohaza, fikr.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin