5. Amaliy mashg’ulot Tolali nur o’tkazgichlarni FSM-30S payvandlash apparati bilan montaj qilish 1.Ishdan maqsad Bir modali nur o’tkazgichni payvandlash va payvand bo’lgan joyni termo siqiluvchi gilza bilan himoyalash ishlarini bajarishda ko’nikmalar ortirish.
2.Topshiriq Optik tola konstruktsiyasini o’rganish.
Optik tolani payvandlash va o’stirilgan joyini so’nishni baholash.
Payvandlangan joyni termo siquvchi gil’za bilan mustaxkamlash.
3.Asosiy nazariy ma’lumotlar 3.1. FSM-30S payvandlash apparatining konstruktsiyasi FSM-30S payvandlash apparati kvartsdan tayyorlangan optik tolalarni payvandlash uchun ishlab chiqilgan. Bu apparat bilan birmodali (SM), ko’pmodali (MM), aralash dispersiyali (DS), kesib ajratadigan surilgan chastotali (CS), erbiya bilan ligerlangan (ED) tolalarni payvandlash mumkin. Shular qatorida titan qobiqli va uglerod qatlamli tolalarni ham payvandlash imkoni bor. Payvandlash apparatining tashqi ko’rinishi 8.1-rasmda keltirilgan.
Payvandlash apparati avtomatik tarzda tolalar orasidagi oraliqni o’rnatadi, tola o’zagini va qobig’ini yustirovkalaydi, o’rnatilgan mikroprotsessor yordamida payvandlangan tolalar joylashganligiga ko’ra yo’qotishlarni baholaydi.
O’zak yustirovkasi SM, DS, CS turdagi tolalar uchun qo’llanilsa, qobiq yustirovkasi MM, ED turdagi tolalar uchun qo’llaniladi.
Payvandlovchi apparatga uch turli atrof muxit datchiklari o’rnatilgan: bosim datchigi, termometr va gigrometr. Bu uchala datchik elektr yoy quvvatini atmosfera bosimi, xarorati va namligi o’zgarishiga qarab to’g’rilaydi.
Payvandlash apparati termo siqiluvchi gil’zani qizdirish uchun o’rnatilgan qizdirish uskunasiga ega. Payvandlash apparati o’zgaruvchan tokda 85-265 V kuchlanishda yoki o’zgarmas tokda 10-15 V kuchlanishda ishlaydi.
4.2-rasmda FSM-30S (yuqoridan ko’rinish) payvandlash apparatining asosiy elementlari ko’rsatilgan. Elementlarning nomlanishi 1.1-jadvalda keltirilgan.
4.1-rasm.FSM-30S payvandlash apparatining tashqi ko’rinishi
4.1-jadval
4.2-rasmda FSM-30S (old ko’rinish) payvandlash apparatining tasvirlangan. Elementlar vazifalari 4.2-jadvalda ko’rsatilgan.
4.3-rasmda FSM-30S yon tomondan ko’rsatilgan. Elementlar vazifalari 4.3-jadvalda keltirilgan.
4.2-jadval
№
Nomlanishi
Element vazifasi
Yuqori qopqoq
Apparat ishlatilmayotgan vaqtda u uskunanig shikast yetishidan himoyalaydi
Elektrik yoyini shamoldan saqlaydi, chunki shamol elektr razryad ishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Qopqoq ochiq bo’lganda elektr razryad avtomatik bloklanadi
O’zgaruvchan tok saqlagichini o’rni
3,15 A ga mo’ljallangan saqlagich ishlatiladi
O’zgarmas tok saqlagichini o’rni
6,3 A ga mo’ljallangan saqlagich ishlatiladi
Doimiy kuchlanish kirish indikatori
Manbadagi doimiy kuchlanish darajasini ko’rsatadi (yashil–miqdorda, qizil-kam yoki oshiq)
Xotira xaritasi qopqog’i
Xotira xaritasini himoyalaydi. Agar apparat xotira xaritasiga ega bo’lsa qopqoq ochilib IS xotira xaritasi o’rnatiladi.