jadval
Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari (ming so‘m)
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Joriy
davr
|
O‘tgan
davr
|
Dinamika
(faiz)
|
1.
|
Korxona mol-mulkining o‘rtacha qiymati
|
27868
|
30550
|
109,6
|
2.
|
Ishlab chiqarish fondlarning o‘rtacha
qiymati
|
25867
|
28041
|
108,4
|
3.
|
Yalpi mahsulot
|
678968
|
611071
|
90,0
|
4.
|
Yalpi foyda
|
10953
|
10405
|
95,0
|
5.
|
Mol-mulk qiymatining har bir so‘miga:
|
|
|
|
|
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
|
24,3
|
20,0
|
82,3
|
|
- olingan yalpi foyda.
|
39,0
|
34,0
|
87,2
|
6.
|
Ishlab chiqarish fondlarining har bir
so‘miga:
|
|
|
|
|
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
|
26,2
|
21,8
|
83,2
|
|
- olingan yalpi foyda.
|
42,0
|
37,0
|
88,1
|
Joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan korxona faoliyatining umumiy samaradorligi pasaygan. Korxona mol-mulkining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 17,7 %ga, olingan yalpi foyda 12,8 %ga kamaygan. Shu davrda korxona ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan: yalpi mahsulot 16,8 %ga, olingan yalpi foyda 11,9 %ga kamaygan, demak, korxonada mol-mulkdan, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi pasaygan, lekin ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi pasayishi mol-mulkka nisbatan kamroq.
Korxonalar moliyaviy holatini umumiy baholashda ularning mablag‘lari dinamikasini va tarkibi o‘zgarishini tahlil etish katta ahamiyatga ega, chunki, mablag‘larning dinamik va tarkibiy o‘zgarishi moliyaviy holatni aniqlovchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shu ko‘rinishda korxona mablag‘lari manbalarining dinamik va tarkibiy o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari, korxona tovar-moddiy zaxiralari ya’ni moddiy aylanish mablag‘larning dinamik va tarkibiy hamda tahlil natijalariga binoan tegishli xulosalar qilinadi va tavsiyalar beriladi.
Tayanch iboralar
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish tajribasi – xorijda va respublikada moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun foydalaniladigan usullar.
Moliyaviy koeffitsientlar – xorijiy mamlakatlarda moliyaviy tahlilda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi.
Korxona mablag‘lari – buxgalteriya balansida o‘z ifodasini topgan korxona uzoq muddatli va joriy aktivlari.
Korxona mablag‘larining manbalari – korxonaga tegishli manbalar va korxona majburiyatlari uzoq muddatli va joriy majburiyatlar.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Xorijiy mamlakatlarning korxonalarini moliyaviy holatini tahlil qilish uslubiyatining xususiyatlari.
O‘zbekistonda korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usulining o‘ziga
xos xususiyatlari.
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishning oldiga qo‘yiladigan talablar va tamoyillar nimalardan iborat.
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish qanday bosqichlarda amalga oshirilishi lozim.
Korxonalarning moliyaviy holatini umumiy baholashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi va ular qanday aniqlanadi.
Yuqorida korxonalar moliyaviy holatini alohida tomonlari va yo‘nalishlarini tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Moliyaviy tahlilning yakuniy bosqichi bo‘lib, korxonalar faoliyatining moliyaviy yakunlari tahlili hisoblanadi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy yakunlari foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Foyda ijtimoiy ishlab chiqarish hamma bosqichlarining iqtisodiy toifasidir.
Qayerda ijtimoiy ishlab chiqarish barpo etilgan bo‘lsa, unda qatnashuvchilarning mehnati ikkiga bo‘linadi — birinchi qismi ishlab chiqarish qatnashchilarini shaxsiy ehtiyojlarini ta’minlash, qoplash uchun foydalaniladi, ikkinchi qismi esa mulkdorlarni, davlat va ijtimoiy ehtiyojlarni qoplashga safarbar etiladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko‘tariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qiymat qonunini va xo‘jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo‘jalik hisobotining ob’yektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.
Qiymat qonuni alohida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar — ijtimoiy-zaruriy xarajatlar darajasida yoki undan kam bo‘lishini talab etadi. Bu talabni amalga oshirish uchun korxonalar foydaga ega bo‘ladilar va ularning rentabellik darajasi o‘rtacha yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, xo‘jalik hisobining asosiy talabi - korxonalar faoliyati rentabelli bo‘lishi, ya’ni korxonalar o‘z faoliyatini foyda olish bilan yakunlashlaridir. Foyda — mutlaq ko‘rsatkich bo‘lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi. Foyda korxonalar faoliyatining har xil yo‘nalishlarini moliyaviy yakunidir. Shu sababli foyda turli shaklda bo‘lishi mumkin.
Respublikamizda «Mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» qabul qilinmasdan oldin korxonalar foydasi quyidagi shakllarda hisobga olinar edi: balans bo‘yicha; sotilgan mahsulotlardan; boshqa sotuv operatsiyalar; noishlab chiqarish; sof foydalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan Nizomga binoan korxona va tashkilotlar foydasi quyidagi, shakllarda hisobga olinadi:
|