Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish


Iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 112,25 Kb.
səhifə2/9
tarix28.04.2023
ölçüsü112,25 Kb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiy tahlil

Iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari to‘g‘risida tushuncha

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zarur. Bu bilan iqtisodiy tahlilning analitik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zamirida boshqaruv funksiyalari va uning murakkabligi yotadi. Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatdan turli shakllarga va turlarga egadir.
Iqtisodiy tahlil turi deganda, ma‘lum belgalari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘ Igan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi. Iqtisodiy tahlil shakli deganda, uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, sirtqi qiyofasi bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil turi va shakli mazmun jihatdan bir-biriga juda yaqin, chunki ularning ikkalasi xam tahlil qiluvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qat’iy nazar ularda bir- biriga o‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qo‘llaniladi. Masalan, kompleks tahlil shaklida qo‘llaniladigan kompleks baholash usullaridan funksional qiymat tahlilda qo‘llanilmaydi. Funksional qiymat tahlili usullari esa omilli tahlilda qo‘llanilmaydi.
Tahlil turlarida ma’lum darajada metodologik mushtaraklik bo‘lsa, shakllarida esa o‘ziga xoslik ustuvordir.
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha turkumlanadi.

  1. Iqtisodiy tahlilning mazmuni bo‘ yicha: global, lokal, tematik.

  2. Iqtisodiy tahlilni o‘ tkazilish davri bo‘ yicha: tezkor, joriy va istiqbolli.

  3. Iqtisodiy tahlilni o‘ tkazilish joyi bo‘ yicha: ichki va tashqi.

  4. Iqtisodiy tahlil qiluvchi subyektlar bo‘yicha: tahlil maqsadiga qarab subyektlar har xil bo‘ladi. Masalan, auditorlik tahlili bo‘lsa auditor , texnik-iqtisodiy tahlil bo‘lsa injener va iqtisodchi va hokazo.

  5. Iqtisodiy tahlilning o‘rganilayotgan obyektni qamrab olish darajasi bo‘yicha: batafsil va tanlab o‘tkaziladigan tahlil.

Iqtisodiy tahlil shakllari va utralirini mazmunni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (5.1-jadval).
Tahlil turlarini turkumlash - ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi.
Iqtisodchi olim A.D.Sheremet tomonidan tahlil turlarini guruhlashtirish belgilariga quyidagilar kiritilgan: tahlilning vazifalari, uni o‘tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o‘rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o‘rganiladigan

Yüklə 112,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin