5.3-chizma. Iqtiqbolli tahlilning asosiy vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘z faoliyatlarini boshlashlaridan oldin ham iqtibolli tahlil o‘tkazadilar. Mazkur tahlil ko‘proq xo‘jalik subektining mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xarajat, daromad, foyda ko‘ rsatkichlarini tashxis qilishda qo‘llaniladi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlildan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
qisqa muddatli va uzoq muddatli investisiya qarorlarini maqsadga muvofiqligini asoslashda;
investisiya faoliyatini boshqarish sifatini baholashda;
kelgusi natijalarni taxminlash usuli sifatida.
Istiqbolli iqtisodiy tahlil natijalari oqilona strategik boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ma‘lumotlar manbai hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning ushbu turi quyidagi asosiy bosqichlarga asoslanadi:
retrospektiv (joriy) tahlil qilish;
taxminlash asosida tahlil qilish;
istiqbolni baholash;
oqilona boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
yangi taxminga asoslangan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
xo‘jalik subyektlarni muhim iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berish va amaliyotga joriy etish borasida yetarlicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar berish.
Moliyaviy-iqtisodiy va texnik- iqtisodiy tahlil
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Moliyaviy-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shakllaridan qo‘llanilish hisoblanadi. Shunday qilib, moliyaviy tahlilning predmeti korxonalar xo‘jalik faoliyatining turli tomonlari, xo‘jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy ko‘ rsatkichlarning bir-biri bilan sababli bog‘lanishi hisoblanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy tahlilning subyekti -korxona, vazirlik, boshqarma, moliya- kredit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Shu bilan birga korxona tahlilning obyekti ham hisoblanib, ularning faoliyati yuqori tashkilot, moliya-kredit va statistika organlari tomonidan o‘rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy e’tiborni biznes-rejaning bajarilishi, aylanma mablag‘larining holati, foyda bo‘yicha biznes- rejaning bajarilishi, davlat budjetiga tushadigan to‘lov majburiyatlarining bajarilishiga qaratadilar. Kredit tizimi esa korxonalar o‘z aylanma mablag‘lari holatini, olingan kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligini, to‘lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga qaratadi.
O‘rganiladigan masalalarga qarab moliyaviy tahlil to‘la yoki tanlanma xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Moliyaviy tahlilning o‘tkazish muddatlari kunlik, haftalik, dekadalik, oylik, kvartallik, yillik bo‘ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki, tezkor va joriy tahlildan iborat. Moliyaviy-iqtisodiy tahlilning axborot manbalarini moliyaviy hisobot shakllari va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlar tashkil etadi. Mazkur turdagi hisobot shakllari ommaviy-axborot vositalarida ochiq e’lon qilinadi.
Moliyaviy hisobotning quydagi turlari bo‘ladi:
.Buxgalteriya balansi - 1-shakl;
.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot - 2-shakl;
.Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl;
.Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl;
.Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati.
Moliyaviy tahlil hisob tizimi bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Chunki, tahlilchi hisob tizimining o‘ziga xos bo‘lgan barcha jihatlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi shart
Dostları ilə paylaş: |