Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish


-chizma. Tezkor tahlilning asosiy vazifalari



Yüklə 112,25 Kb.
səhifə6/9
tarix28.04.2023
ölçüsü112,25 Kb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiy tahlil

5.2-chizma. Tezkor tahlilning asosiy vazifalari

Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o‘laroq, u asosan boshlang‘ ich ma’lumotlarga asoslanadi. Tezkor tahlil o‘z ichiga quyidagilarni oladi:



  • korxonaning asosiy miqdor va sifat ko‘ rsatkichlari bo‘yicha hamda uning bo‘linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalarda chetga chiqishini aniqlash;

  • me‘yordan chiqishga ta‘sir qiluvchi omillarni aniqlash;

  • kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarni aniqlash;

  • salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish;

  • kohsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va —Tor— joy va ilg‘or bo‘g‘inlarni aniqlash.

Tezkor tahlilning boshqa tahlil turlaridan afzalliklari quyidagilar:

  • tahlil sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni bilan ketma-ketlikda va bir-biriga yaqin oraliqda amalga oshiriladi;

  • yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyati mavjudligi;

  • tahlil natijalari korxonalarni tezkor boshqarish uchun asosiy manbaligi va shu kabilar.

Boshqa tahlil turlari kabi tezkor tahlilda ham ba‘zi kamchiliklar mavjud. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • ayrim hollarda tezkor tahlil ma‘lumotlari juda ham aniq ma‘lumotlar bo‘lmasligi mumkin;

  • tezkor tahlil natijasi oxirgi iqtisodiy natijalar ma’lumotlariga mos kelmasligi va shu kabilar.

Tezkor tahlil vositasida korxonaning kunlik mahsulot ishlab chiqarishi, sexlar o‘rtasidagi kunlik yoki soatlik ish unumi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida kunlik paxta topshirish holati, yerlarni shudgorlash va shu kabilar o‘rganilishi mumkin
Istiqbol tahlili deganda, xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish, bo‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt biznes-rejani tuzish uchun o‘z faoliyatini nima bilan yakunlashi to‘g‘risida aniq tushuncha va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni loyiha tahlili, ham deb atamoqdalar.
Istiqbolli tahlilning vazifalarini quyidagi 5.3-chizmada ko‘rish mumkin.


Yüklə 112,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin