Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI



Yüklə 1 Mb.
səhifə235/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIjinoyat ishi yurituvida sud, dastlabki tergov organlari va prokuratura faoliyatini, shuningdek jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi protsessual normalar majmui.

JINOYAT-PROTSESSUAL NORMA – jinoyat-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi, qonun bilan belgilangan huquqiy norma.

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH (PROFILAKTIKASI) – jinoyatchilik sabablari va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish yoki ularning ta’sirini susaytirish, jinoyat sodir etishdan ushlab turish va huquqbuzarlarning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan davlat va jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladigan choralar tizimi tushuniladi.

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH SUBYEKTLARI – jinoyatchilik, uning alohida turlari va muayyan jinoyatlarning mavjud bo‘lishi va tarqalishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish, kuchsizlantirish va neytrallashtirish, xuddi shuningdek jinoyatlar sodir etishga (retsidivga) moyil shaxslarni jinoyat yo‘liga kirishidan saqlash va ularni resotsializatsiya qilishni taminlash vazifalari va funksiyalari qonun bilan zimmasiga yuklangan organlar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar (xizmatchilar) va alohida fuqarolar jinoyatchilik (jinoyatlar)ning oldini olish subyektlari hisoblanadi.

JINOYAT HAQIDAGI ARIZA YOKI XABAR YUZASIDAN QABUL QILINADIGAN QARORLAR – 1) jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida; 2) jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida; 3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab jo‘natish to‘g‘risida qarorlar chiqarilishi mumkin.



JINOYATNING TURIGA KO‘RA (PREDMETLI) TERGOVGA TEGISHLILIK – Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalari ularning tartib raqamlaridan kelib chiqqan holda dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli organlar – prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmatining tergovchilari tomonidan tergov qilinishining taqsimlanishi qoidalari.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin