Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə8/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Jinoyat-protsessual huquqi – jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi tartib-qoida va normalarning qonunda mustahkamlangan tizimini, ya’ni jinoyat ishi yurituvi vazifalari amalga oshiriladigan zarur huquqiy tartib-taomillarni ifodalaydi.
Jinoyat-protsessual huquqi jinoyat protsessining maqsadi va prinsiplarini, ularning jinoyat-protsessual faoliyatning barcha subyektlariga nisbatan amalga oshirish huquqi va kafolatlarini ifodalaydi, jinoyat ishlari yurituvi bosqichlari tizimini, ularning har birida protsessual harakatlarni o‘tkazish tartibini, ish bo‘yicha qaror qabul qilish asoslari va tartibini o‘rnatadi.
Jinoyat-protsessual huquqining ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, huquqni muhofaza qilish organlarining qonunda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga solish orqali shaxs, jamiyat, davlatni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qiluvchi jinoyat-huquqiy normalar qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Ikkinchidan, majburlov choralarini qo‘llash shartlari, asoslari va turlarini belgilaydi;
Uchinchidan, shaxs huquqlari kafolatlarini o‘rnatadi, xususan, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar sir saqlanishi, adolatli va xolis odil sudlovga bo‘lgan huquqi va boshqa huquqlarini ta’minlaydi;
To‘rtinchidan, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, xususiy mulki va shaxsiy erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan sud tartibida himoyalanish tartibini belgilaydi;
Beshinchidan, ma’naviy, jismoniy va mulkiy zarar ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qiladi;
Oltinchidan, aybsiz kishini javobgarlik va jazoga tortilishining oldini olishga, basharti u noqonuniy javobgarlikka jalb qilingan bo‘lsa, tegishli qarorni bekor qilish va asossiz ayblangan shaxsni reabilitatsiya qilishga qaratilgan faoliyat tartibi va shartlarini belgilaydi;
Yettinchidan, huquqiy tartib-taomillar va qoidalarga rioya etilishini ta’minlovchi huquqni tiklovchi va boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin