APELLYATSIYA TARTIBIDA ISH KO‘RILGANDA JAZONI KUCHAYTIRISHGA HAMDA OG‘IRROQ JINOYATGA DOIR QONUN MODDALARINI QO‘LLANISHGA YO‘L QO‘YILMASLIGI – bu bosqichda ish ko‘rilishining eng muhim qoidalaridan biri, ya’ni sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llashga haqli emas.
APELLYATSIYA TARTIBIDA ISH YURITISH – jinoyat ishlari yurituvida birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish, jinoyat ishlarini sudning qaysi hukmi (ajrimi) ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protesti bildirilgan bo‘lsa, shu hukmning, ajrimning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini hal etish maqsadida jinoyat ishlarini apellyatsiya shikoyatlari va protestlari asosida apellyatsiya (ikkinchi) instansiya sudi tomonidan ko‘rish borasidagi faoliyatning qonun yo‘li bilan tartibga solinishi.
|
APELLYATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH SUBYEKTLARI – jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat berish huquqi ishning yakunidan bevosita manfaatdor protsess ishtirokchilariga tegishli, ya’ni mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari.
|
APELLYATSIYA SHIKOYATI – mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ham hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
|
|
Dostları ilə paylaş: |