Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


Iqtisodiyot va tillar kafedrasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127233
1   2   3   4   5
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

Iqtisodiyot va tillar kafedrasi

  • Karl Byuxer (1847-1930 yy.)
  • Nemis tarixchilari orasida Karl Byuxerni qayd etib o'tish zarur. U o'zining asosiy asari "Xalq xo'jaligining paydo bo'lishi"da (1893 y.) iqtisodiy jarayonlarni uch bosqichga bo'lib, xo'jalik rivojlanishi- ning xususiy rejasini olg'a surgan: birinchi bosqich - "uy xo'jaligi" (hamma ne'matlar qayerda ishlab chiqarilgan bo'lsa, o'sha yerda iste'mol qilinadi); ikkinchi bosqich - "shahar xo'jaligi" (bevosita al- mashinuv bo'lib, shaxsiy ishlab chiqarish, qo'shimcha iste'molchi
  • buyurtmachi uchun ishlab chiqariladi); uchinchi bosqich - "xalq xo'jaligi" (milliy davlatlarning paydo bo'lishi natijasidir).
  • K.Byuxerning fikricha har bir bosqich boshqa bosqichga us- tunlik qilgan sharoitda ham mavjud bo'lishi mumkin. Uning ko'p ishlari shaharlarning rivojlanishi haqida yozilgan. Olimning ta'kidlashicha, o'rta asrlarda mayda, shahar dehqonchiligi bilan bog'liq xo'jaliklar ustunlik qilgan.

Maks Veber (1864-1920 yy.)

  • Maks Veber (1864-1920 yy.)
  • Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bi­lan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi.

Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)

  • Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)
  • Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart "Zamonaviy kapi- talizm" (1902 y.), "Burjua" (1913 y.), "Germaniyaning XIX asr va XX asr boshlarida xalq xo'jaligi" (1923 y.) kabi asarlarida kapitalizm- ning paydo bo'lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig- ini uqtiradi va uning rivojlanishini uch bosqichda ko'rib chiqish zarur, deb biladi, bular: individual, o'tish va ijtimoiy. Mezon sifati­da u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya'ni qadimdagi uy xo'jaligining to'liq avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo- tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o'zining iqtisodiy ta- moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda "o'ziga ovqat topish" tamoyili asosiy hisoblanadi, kapitalizm uchun esa "muvaffaqi- yatga erishish, manfaatparastlik" xosdir. V.Zombart, shuningdek, o'zining kapitalning dastlabki jamg'arilishi nazariyasini yaratishga harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini qayd etdi. G'arbiy Yevropa iqtisodiy tarixi bo'yicha asar yozish uchun juda katta faktik material to'plagan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin