Yozef Aloiz Shumpeter kelib chiqishi avstriyalik bo'lgan yirik amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925-1932 yillarda Bonn uni- versitetining professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard universitetining professori. Shumpeter Garvard biznes maktabi- ning asoschilaridan biri bo'lib, u yerda 30-yillarda tadbirkorlik tarixini o'rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning asosiy asar- lari; "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" (1911), "Iqtisodiy sikllar: kapitalistik jarayonlarni nazariy, tarixiy va statistik tahlil qilish" (1939), "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" (1942), "Iqtisodiy tahlil tarixi" (1954).
Shumpeter nazariyotchi olim bo'lib, u o'zining iqtisodiy sikllar ta'limoti tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga mu- vofiq sikllar iqtisodiy o'sish obyektiv qonuniyati sifatida ko'rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina nazariy emas, balki tarixiy va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol uchun, "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" kitobida u kapitalizm va sotsializm dinamikasini katta tarixiy istiqboli fonida ko'rib chiqmoqchi bo'lgan. Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat tomonidan tartibga solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi to'g'risidagi xulosa ham unga tegishlidir.