2.2.Byudjet tashkilotlarida ichki audit tekshiruv jarayonida ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish metodlari
Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati o‘z rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan va bo‘ysunuviga ko‘ra, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik qabul qilingan nizomda belgilangan vazifa va maqsadlarga asosan ish yuritishmoqda.
Ichki audit xizmati faoliyatini tashkil qilish va o‘tkazishni umumiy tarzda quyidagi 5 qismga ajratish asoslandi.
2-rasm. Ichki auditorlik tekshiruvini rejalashtirish bosqichlari10 Bu bosqichlarni boshqa auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan farqli jihatlari shundaki, xulosa qismida alohida maslahat va tavsiyalar beriladi. Yana bir noan’anaviy jihati ijro nazorati bosqichi hisoblanadi. Bu oxirgi bosqich hisoblanib, tavsiyalar ijrosi o‘rganiladi.
Ichki nazoratni dastlabki baholash auditning rejalashtirish bosqichida amalga oshiriladi, bundan maqsad mijoz haqida ichki audit hisobotiga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday kamchiliklarni aniqlash va yaxshi loyihalashtirilgan va nazorat xavfini kamaytirishga, shundan kelib chiqib qoniqarli muvofiqlik testiga ko‘ra asosli audit testi ko‘lamiga tayangan boshqaruv elementlarini belgilab olishdir.
Rejalashtirish bosqichida risklar tahlili va ularni baholash ishlari ham amalga oshiriladi. Rejalashtirish bosqichidagi risklar tahlili asosan oldingi tekshiruv natijalari hamda risk darajalari, tashkilot uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori, byudjetdan tashqari mablag‘lari miqdori, moliyaviy operatsiyalarining hajmi va kadrlar siyosatiga bog‘liq holda baholanadi.
Risklar tahlilini va ularni baholashni quyidagicha amalga oshiriladi.
2-jadval. Risklar tahlili va ularni baholash11