Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

III. Mavzuni mustahkamlash.

Ogʻzaki va yozma nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratilishini kuzatish. 2-mashq. Bu mashq “Oʻz oʻrnini top” ta’limiy oʻyini orqali quyidagicha tashkil etiladi. Sinf oʻquvchilari uch guruhlarga boʻlinadi, oʻqituvchi tomonidan guruh ishtirokchilariga beriladigan topshiriqlar teng taqsimlanishi lozim. Kichik guruhlar uchun topshiriq:

  1. Berilgan soʻzlardan gap tuzing. Har bir guruh tuzgan gaplarini guruhlar uchun 1, 2, 3 sonlari bilan raqamlangan magnit doskaga iladilar.

1-guruh





2-guruh




3-guruh






  1. Berilgan gaplardan matn tuzing. Bunda oʻquvchilarning vaqtini tejash maqsadida gaplarning raqamlaridan foydalanishlari aytiladi.

Guruhlarning berilgan gaplardan tuzgan matnlarni darslikdagi 2-mashq asosida kichik guruh vakillaridan iborat ekspert guruhi tekshiradi va natijasini e’lon qiladi.

Namuna: 1. Biz Vatanimiz − jonajon Oʻzbekistonni onamizdek sevamiz. 2. Ona Vatanimiz goʻzal va bepoyon. 3. Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz.

1-guruhning taxminiy javobi: 1, 3, 2.

Biz Vatanimiz − jonajon Oʻzbekistonni onamizdek sevamiz. Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz. Ona Vatanimiz goʻzal va bepoyon.

Kichik guruhlarga beriladigan savollar:


  • Matnda nechta gap bor?

(Uchta gap bor.)

  • Matn nima haqida ekan?

(Ona Vatan haqida.)

  • Matndagi gaplar bir-biridan qanday ajratilgan?

(Gapning oxiriga nuqta belgisi qoʻyilgan.)

  • Ogʻzaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi?

(Gap oxirida ovoz pasayishi va biroz toʻxtam bilan ajratiladi.)

Oʻquvchilar matndagi ikkita gapni daftarlariga yozadilar va yozganlarini tekshiradilar. Kichik guruhlarning fikrlari umumlashtirilib baholanadi.




Vatan haqida videolavha namoyish etiladi. Lavha jarayonida 2-mashqdagi matn oʻqib eshittiriladi.

Keyingi animatsiya tugmasi bosilganda ekranda chegarasi yoʻq gaplar paydo boʻladi. Oʻquvchilar maxsus matn ostida berilgan “nuqta” bilan gapning chegarasini aniqlaydilar. Agar gapning chegarasi nuqta bilan toʻgʻri ajratilsa, gapning birinchi harfi bosh harfga oʻzgaradi.



Darslik bilan ishlash.

3-mashqdagi she’r matni oʻqib beriladi. She’r matni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Mashq topshirigʻi bajartiriladi.



Mashq matni yuzasidan oʻqituvchi quyidagi boshqotirmadan foydalanishi mumkin. Buning uchun oʻquvchilar she’r matnidagi soʻzlardan foydalanib, boʻsh kataklarni toʻldirib, kalit soʻzni ya’ni “BOʻSTON” soʻzini hosil qilishlari kerak. Boshqotirma bajarilgach, lugʻat ishi oʻtkaziladi.


Boshqotirma




















b







u






















d
















r



























n



















t













n


































i



















d
















i






Toʻgri javoblar




















b

o



u






















d



s

t

l

a

r



z

b

e

k

i

s

t

o

n



















t

u

t

g

a

n






















d

o

n



i



















d

u

n

y

o

n

i





Boshqotirmani tez va toʻgʻri bajargan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.

(Ushbu boshqotirma A-3 hajmida tayyorlanib sinf oʻquvchilari bilan birgalikda bajarishi yoki har bir partaga tarqatilishi mumkin.)

3-mashq multimediali ilova asosida bajariladi.





Doʻstlar, mening yurtimni

Oʻzbekiston deydilar.

Dongʻi tutgan dunyoni

Bogʻ-u boʻston deydilar.

Zafar Diyor

Ilovada she’r matni oʻqib eshittiriladi va matn mazmuniga mos rasmlar hamda she’r muallifining portreti namoyish etiladi.

Namoyish tugagach, topshiriq beriladi:

She’rda nechta gap bor? Topshiriqni bajarish uchun she’r matni ostida paydo boʻlgan 2 ta gul ichidagi 2 va 4 raqamini tanlashlari kerak. Oʻquvchi ushbu raqamlarni toʻgʻri tanlasa, “Barakalla!” degan ovoz yangraydi.

«She’rning birinchi gapida nechta soʻz bor?», savoli berilganda yana gullar paydo boʻladi. Gullarda 5 va 7 raqamlari yozilgan boʻlib, oʻquvchi toʻgʻrisini topishi zarur.





Lugʻat ishi:

bepoyon − oxiri, chegarasi yoʻq, nihoyatda katta

dongʻi − mashhur boʻlmoq, nomi

boʻston − gul bilan qoplangan, gul ekilgan maydon, gullab yashnagan bogʻ

puxta − kamchiligi boʻlmagan, toʻla toʻkis



IV. Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quydagi savollar bilan murojaat qilinadi:



  • Darsda nimalarni oʻrgandik?

  • Gap haqida nimalarni bilib oldik?

Oʻquvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi. Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.

V. Uyga vazifa berish.

Oʻquvchilarga 4-mashq sharti tushuntiriladi va uyda bajarishlari aytiladi.


2 - DARS

Darsning namunaviy texnologik xaritasi


Mavzu: Gap va soʻz haqida umumiy ma’lumot (5−7-mashqlar).

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: gap, nuqta, soʻroq, undov belgilari, fikr.

Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 daqiqa.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: oʻquvchilar dars yakunida gap tugallangan fikr anglatishi, ogʻzaki nutqda ohang orqali, yozma nutqda tinish belgilar bilan ajratilishi haqidagi bilimlar eslatiladi.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Metod: suhbat, tushuntirish, mustaqil ish, ta’limiy oʻyin

Jihoz: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimedia ilovalar.

Nazorat: oʻquvchilarning hulq-atvori va darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: oʻquvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars yakunida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Talimiy: matnni gaplarga ajratish, gapning mazmuniga koʻra oxiriga nuqta, soʻroq yoki undov belgisini qoʻyish haqidagi koʻnikmalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy: maktab mulkini asrab-avaylashga va ichki tartib qoidalariga amal qilishga oʻrgatish.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish va mustaqil fikrlashga oʻrgatish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida oʻquvchilar ona tili fani haqidagi bilimlarga ega boʻladilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish nomi

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

Sinfning darsga tayyorligini tekshirish;

Darsning qoidalari eslatib oʻtish, diqqatni jamlash mashqi.


Suhbat


2 daqiqa


2-bosqich.

Uy vazifasini tekshirish

Uyga vazifalarini “Yosh tahrirchi” usulidan foydalanib tekshiriladi.

Multimediali ilovadan foydalanish.



“Suhbat”

ta’limiy oʻyini



4 daqiqa



3-bosqich.

Yangi mavzu bayoni

  1. Husnixat daqiqasini tashkil qilish.

  2. Gaplarni chegarasini aniqlash mashqi.

  3. She’r matni ustida ishlash.

  4. Lugʻat ustida ishlash.




Husnixat mashqi

Suhbat


Suhbat

Tushunti-

rish


8 daqiqa
4 daqiqa

8 daqiqa


6 daqiqa

4-bosqich.

Mustahkamlash

Darslik bilan ishlash.
Tarqatma materiallar asosida ishlanadi.


Suhbat
Mustaqil ish

5 daqiqa
5 daqiqa

5-bosqich Darsni yakunlash va baholash

Oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va baholash.


Suhbat

2 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa

Uyda 8-mashqni bajarib kelish aytiladi. Mashq sharti tushuntiriladi.

Suhbat

1daqiqa




Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Quyidagi suhbat asosida uy vazifasi tekshiriladi:

  • Mashqda nechta gap berilgan? Birinchi gapni oʻqing. Oxiriga nima uchun undov belgisi qoʻyilgan?

  • Ikkinchi gap nima haqida ekan? Nima sababdan bilimlarni puxta egallash lozim?

  • Uchinchi gap nechta soʻzdan iborat?

  • Birinchi gap yozuvda keyingisidan nima bilan ajratilgan?

  • Ogʻzaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi?

Oʻquvchilarning bajargan uyga vazifalarini “Yosh tahrirchi” metodidan foydalanib tekshiriladi. Buning uchun ikki oʻquvchi daftarlarini almashadilar va uy vazifasini kitobdan boʻgʻinlab oʻqib tekshiradilar. Bu usul orqali sinfdagi barcha oʻquvchilar baholanadi.

1-dars uchun ishlangan multimediali ilovadan foydalanib, uyga berilgan vazifa quyidagicha tekshiriladi.



4-mashq matni chegarasi aniqlanmagan holatda beriladi.

“Gaplarning chegarasini aniqlang”, degan topshiriq berilgach, matn ostida 3 ta yerga toʻkilgan barglar paydo boʻladi. Barglarda “nuqta”, “undov belgisi”, “soʻroq belgisi” boʻladi. Oʻquvchilar gaplarni oʻqib mazmuniga mos tinish belgilarini qoʻyishlari kerak.



Toʻgʻri bajargan oʻquvchilar javoblari tinglanib ragʻbatlantiriladi.



  1. Yangi mavzu bayoni.

Darslik bilan ishlash. Gaplarni chegarasini aniqlash mashqi.

5-mashqdagi gaplar oʻquvchilarga ogʻzaki oʻqitiladi. Gaplarning chegarasi aniqlanib, mashqda nechta gap borligi soʻraladi.



Sinfimiz keng va yorugʻ. Deraza tokchalariga gullar qoʻyilgan. Biz sinfimizni toza saqlaymiz.

Mashq yuzasidan quyidagi savol-javob amalga oshiriladi.



  • Nechta gap oʻqidingiz? (Uchta gap.)

  • Gapning chegarasini qanday aniqladingiz? (Ohang yordamida.)

  • Nima uchun yozuvda bir gapni boshqasidan ajratish zarur? (Yozilgan matnni gaplarga ajratmasak, uning mazmunini tushunish qiyin boʻladi.)

    • Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qoʻydingiz? (Nuqta.)

  • Matn koʻchirib yoziladi. Har bir gapning birinchi soʻzi bosh harf bilan yozilishi gapning oxiriga nuqta belgisi qoʻyilishi aytib oʻtiladi.





  1. Mavzuni mustahkamlash.

She’r matni ustida ishlash. 6-mashq. Oʻqituvchi tomonidan she’r ifodali oʻqib beriladi.

Turna koʻzli buloqcha,

Qaynar-u toshib ketmas.

Qaynab yotar biqirlab,

Kulgan boʻlar qiqirlab.

Habib Rahmat

She’r 2−3 nafar oʻquvchiga oʻqitiladi va matni yuzasidan suhbat uyushtiriladi. Mashq topshirigʻi bajartiriladi:



  • She’rda nechta gap bor?

  • Birinchi gapni oʻqing, gap nechta soʻzdan tuzilgan?

  • Daftaringizga ikkinchi gapni koʻchiring va shu gapda nechta soʻz borligini ayting.

7-mashq. Mashq matni oʻquvchilarga oʻqitiladi. Mashq matni yuzasidan quyidagi suhbat oʻtkaziladi:

  • Matn nima haqida ekan?

  • Qaysi muzey Markaziy Osiyoda yagona ekan?

  • Siz yana qaysi muzeylarga borgansiz?

  • Matnda nechta gap bor?

  • Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qoʻyilgan?

  • Matndan soʻroq mazmunidagi gapni oʻqing.

  • Matndan his-hayajon mazmunidagi gapni oʻqing.

  • Matnda nechta xabar mazmunidagi gap bor?

Mashq matnini oʻquvchilar daftarlariga koʻchiradilar.

    • Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?

Oʻquvchilar javobi tinglanib, xulosa qilinadi:


Tarqatma materiallar bilan ishlash.

Oʻqituvchi sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishiga koʻra topshiriqlar soni va mazmuniga oʻzgartirish kiritishi mumkin.




№ 1

Oʻqing. Matnda nechta gap bor? Gaplarning oxiriga nuqta qoʻyib koʻchiring.

Sherzod daraxtdagi qushga kesak otdi qoʻshni xola unga tanbeh berdi Sherzod uyalib qoldi



№ 2

Oʻqing. Matnda nechta gap bor? Gaplarning oxiriga tinish belgilarini qoʻyib koʻchiring.

Togʻda qip-qizil lolalarni ochilganini koʻrganmisiz togʻning havosi juda toza boʻladi



№ 3

Oʻqing. Gaplarning oxiriga tinish belgilarini qoʻyib koʻchiring.

Kuz – oltin fasl bu fasl qanday goʻzal kuz fasli sizga yoqadimi



№4

Oʻqing. Nechta gap oʻqidingiz? Gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qoʻyilgan.

Bir kuni Azamatning dadasi tuvakda oʻsadigan gul olib keldi. Azamat juda xursand boʻldi. Uni har tomonidan tomosha qildi.



  1. Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin