Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


  12.8-rasm. Dastgoh yordamida rezba o‘yish



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 


245 
12.8-rasm. Dastgoh yordamida rezba o‘yish:
1-dastgohning patroni; 2-detal; 3-rezba o„ygich; D
0
-detalning dastlabki 
diametri; D
1
-oyilgan rezbaning diametri; D
2
-eritib qoplangan metalning 
diametri 
Kam shikastlangan rezbalar, metchik (ichki) yoki lerka (tashqi) lar 
yordamida qayta ochiladi. 
O„rindiqlarni ta‟mirash.
Vallarning yeyilgan 
o‗rindiqlarini eritib quyish (flyus qoplami ostida, tebranma yoyli va 
hokazo), galvanik qoplamalar, metallashtirish, changlatib qoplash, elektr 
uchqunli va elektromexanik ishlov berish bilan, shuningdek, polimer 
qoplamalari yordamida tiklanadi. 
Gaz taqsimlash vallarini ta’mirlash.
Gaz taqsimlash valida 
darzlar bo‗lganda kulachokdagi metallning 3mm dan kattaroq bo‗lagi 
sinib tushganda mazkur detal ta‘mirlash uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. 
Jadvalda gaz taqsimlash valida uchraydigan asosiy nuqsonlar va ularni 
bartaraf etish usullari keltirilgan. 
Gaz taqsimlash valining yeyilgan o‗zak bo‗yinlarini ta‘mirlashda 
ularni kichiklashda ta‘mir o‗lchami bo‗yicha jilvirlanadi va ta‘mirlash 
o‗lchamiga mos keluvchi vtulka o‗rnatiladi. agar yeyilish miqdori juda 
katta bo‗lib, val mustahkamligini passayishiga olib kelsa, u holda 
mazkur val suyuqlantirilib qoplash bilan ta‘mirlanadi. Xromlash yoki 
temirlashdan so‗ng nominal yoki kattalashtirilgan o‗lcham bo‗yicha 
ishlov beriladi. Xromlash yoki temirlash uncha katta bo‗lmagan 
qatlamga kattalashtirish uchun qo‗llaniladi. qalinroq qatlamlar bilan 
qoplash karbonat angidrid gazi muhitida avtomatik ravishda Tebranma 
yoy yoki plazmali suyuqlantirib qoplash bilan amalga oshiriladi. Bunday 
bo‗yinlari jilvirlashda stanoklaridan foydalaniladi. Agar zarurat bo‗lsa, 
jilvirlashni xomaki va yakuniy toza ishlov berish rejimlarida olib 
boriladi. Bunday ishlov berish shunday maqsadda bajariladi-ki, xomaki 
jilvirlangandan so‗ng bo‗yinlarga termik ishlov beriladi, keyin esa talab 
qilingan o‗lchamgacha yakuniy jilvirlanadi. 
Yeyilgan kulachoklarini kichiklashgan ta‘mirlash o‗lchamida 
jilvirlash bilan faqat bir marta ta‘mirlash, shunda ham kulachokning 
balandligi N joiz chegarada mumkin. Bunda klapanning ko‗tarilishi 
balandligi, ochilish va berkilish lahzalari o‗zgarmasligi kerak, chunki 
kulachokdan qalinligi V ga teng bo‗lgan qatlam olib tashlanadi. Yangi 
kulachokdagi klapanning haqiqiy ko‗tarilish balandligi: 


246 
N

N-2R 
Yeyilgan kulachok profili ta‘mirlangandan so‗ng klapanning 
ko‗tarilishi balandligi yangi kulachok bilan ishlaganda qanday bo‗lsa, 
bunda ham xuddi shunday qiymatga ega bo‗ladi: 
h
1

H
2
-2P
1


Kulachok jilvirlash bilan qayta tuzatilgandan so‗ng klapanning 
radiusi ancha kichiklashadi, natijada u uktiroq bo‗lib qoladi, bu esa 
klapanning ochiq turish davomiyligi kamroq bo‗lishga olib keladi va gaz 
taqsimlash fazasi buziladi. 
Ta‘mirlash o‗lchamlari chegarasidan chiqqan kulachoklarni kar-
bonat angidrid gazi muhitida maxsus kopirlash moslamalari bilan 
avtomatik ravishda suyuqlantirib qoplash yoki qo‗lda elektr yoyi 
vositasida yoki gaz alangasida payvandlash bilan ta‘mirlash mumkin. 
Suyuqlantirib qoplangandan so‗ng valning urishini tekshirib ko‗rish, 
zarur bo‗lganda uni to‗g‗rilash lozim. Kulachoklar kopir bo‗yicha 
jilvirlash stanoklarida jilvirlanadi. 
Tishli g‗ildiraklar o‗rnatiladigan joylardagi yeyilish temirlash yoki 
suyuqlantirib qoplash yo‗li bilan ta‘mirlangandan so‗ng, ularga nominal 
o‗lcham bo‗yicha ishlov berilishi kerak. Shponka o‗rindig‗ining 
yeyilishi kattalashgan o‗lcham bo‗yicha frezalash bilan ta‘mirlanadi. 
Valning rezbalari yeyilgan yoki uzilganda ular yo‗niladi va 
kichiklashtirilgan o‗lchamda rezba ochiladi yoki yeyilish miqdoridan 
kattaroq bo‗lgan o‗lchamda suyuqlantirilib qoplanadi, so‗ngra nominal 
o‗lchamda rezba ochiladi. Gaz taqsimlash valining egilganligi prizma-
larda o‗rta bo‗yin bo‗yicha indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar 
markazdan chetga chiqish 0,1 mm dan ortiq bo‗lsa, gaz taqsimlash vali 
sovuq holda prizmalarda press ostida to‗g‗rilanadi. Bunda taqsimlash 
validagi tishli g‗ildirak o‗rnatiladigan bo‗yining urishi 0,03 mm dan 
oshmasligi kerak. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin