Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
VIII BOB. DETALLARNI GAZATERMIK CHANGITIB 
QOPLASH USULIDA QAYTA TIKLASH 
8.1. Gazatermik eritib purkash usullari va texnologiyasi 
 
Detallarni maxsus tayyorlangan yuzasiga suyultirilgan metalni 
siqilgan havodagi (gaz) yordamida katta tezlikda purkab qoplash, gazo-
termik eritib purkash usuli deyiladi. 
Detallarni gazatermik eritib purkash usulida tiklashning quyidagi 
afzalliklari bor: 
- detallarni qattiq qizimasligi; 
- jarayondagi katta mehnat unumdorligi; 
- qoplamaning qalinligini katta diapazonda (0,1-10mm) olish 
imkoniyati; 
- texnologik jarayonni (8.1-rasm) va qo‗llanilayotgan jihozlarni 
oddiyligi; 
- qoplamani hosil qilishda ko‗p turdagi, qo‗yilgan talablarga javob 
beruvchi materiallardan foydalanish imkoniyati. 
Gazatermik eritib purkash usulida tiklashda detallarda kerakli 
formadagi yuzalarni olish bilan birga, bu yuzalarda keng xususiyatli 
qoplamalar hosil qilish mumkin. 
Detallarni gazotermik eritib purkash tiklashning quyidagi usullari 
mavjud: 
- elektr yoyi yordamida eritib purkash; 
- gaz alangasi yordamida eritib purkash; 
- plazma yordamida eritib purkash
- katta chastotali eritib purkash; 
- detonatsion eritib purkash. 
Bularning asosiylarini ko‗rib chiqamiz. 
Detanatsion
– gaz yordamida changitib qoplashda yonuvchi gazlar 
aralashmasining yo‗naltirilgan portlashi energiyasidan foydalaniladi. 
Yuqori haroratli va yuqori tezlikli detanatsion gaz oqimi changitiladigan 
zarrachalarni qizdirish, sochish va tezlatish manbai bo‗lib xizmat qiladi. 


162 
Detanatsiya mahsulotlarining tezligi changitiladigan zarrachalar tezligini 
ham belgilaydi, u 800-1300 m/s ga yetadi. Kukun zarrachalarining 
qizish vaqti kamida 0,001 s. Detanatsiyalovchi gazlar sifatida atsetilen, 
propan, butan, vodorod va boshqalardan foydalaniladi.
Detanatsion changitishning o‗ziga xosligi kukun materialni detal 
sirtiga uzatishning tsiklik xarakterda bo‗lishidir. Tezotarlik sekundiga 1-
5 otishni tashkil etadi. Detanatsion changitishda har qaysi keying 
qatlamning zarrachalari oldingi zarrachalarni zichlaydi, ya‘ni issiqlayin 
zarbiy preslash effekti bor. Buning natijasida qoplamaning zichligi 
monolit 
material 
zichligiga 
yaqinlashadi 
(g‗ovoklik 
1%), 
qoplamalarning qalinligi 0,1..0,5 mm ni tashkil etadi. 
Bu metodning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
qoplamalarni changitib chaplash sifsti yuqori, qoplamalarni sovuq 
buyumlarga (473 K gacha) changitib chaplash imkoniyati bor, buyumlar 
me‘yorida qizdiriladi (573 K), ish unumdorligi yetarlicha yuqori (1..10 
kg/soat) va sochiladigan materiallar nomenklaturasining kengligi, asos 
sirtining holatiga ta‘sirchanligi yuqori emas. Kamchiliklari quyidagilar-
dan iborat: sirt kattaliklari yuqori (HRC>_60) bo‗lgan detalllarga 
qoplama chaplash qiyinlashadi; kirish teshigining diametridan katta 
chuqurlikka changitish imkoniyati yo‗qligi; shovqin darajasi yuqoriligi 
(140 dB va undan ortiq); germetik bo‗kslar qo‗llash va jarayonni 
masofadan turib boshqarish zarurati borligi; jihozlar qiymatining 
yetarlicha yuqoriligi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin