136
benzin yoki benzol bug‗i yonayotganda esa alanganing harorati 2400-
2700
0
C dan oshmaydi. Detalni payvandlanayotgan joyiga yonuvchi gaz
bilan kislorod keltirish va normal alanga hosil qilish uchun payvandlash
gorilkalaridan foydalaniladi. Avtomobil xo‗jaliklarida va avtomobillarni
ta‘mir qilish korxonalarida kalsiy karbitdan atsetelin olish uchun GVR-
3, GDS-5, GRK-10 rusumli bir yerda turib ishlaydigan generatorlardan,
hamida MGV-08 ko‗chma generatorlardan foylaniladi.
Payvandlash gorilkasi o‗rnida past bosim bilan ishlaydigan SU
rusmli gorelka va o‗rta bosimda ishlaydigan anchagina takomillash-
tirilgan GS-53 va GSM-53 rusmli gorelkalarda foydalaniladi.
Propan-
butan aralashmalari bilan payvandlash uchun o‗sha gorelkalarni o‗zi
ishlatiladi, biroq bunda yonuvchi aralashmani isitib olish uchun ularga
uchlik (nakanechnik) lar o‗rnatilgan bo‗ladi.
Payvandlash gorelkasiga keladigan atsitelen bilan kislorod miqdor-
larining nisbatiga qarab, payvandlash alangasi, normal alanga, uglerod-
lantiruvchi alanga (kislorod kam, atsetilen ko‗p) va oksidlantiruvchi
alanga (atsitilen kam, kislorod esa ko‗p) bo‗lishi mumkin.
Normal
alanga hosil qilish uchun bir hajm atsetilenga 2,5 hajm kislorod
qo‗shiladi.
Payvandlash gorelkasida, normal alanga hosil bo‗lishi uchun zarur
hajm kislorod ya‘ni 1,15 hajm kislorod gorelkaga bosim ostida kislorod
balonidan keladi,qolgan qismi alanga yonib turgan zonada havodan
qo‗shiladi. Beriladigan kislorod xajmi yuqorida ko‗rsatilgandan oshiril-
ganda yoki kamaytirilganda tegishlicha uglerodlantiruvchi yoki
oksidlantiruvchi alanga hosil bo‗ladi. Tarkibida 0,5% gacha uglerod
bo‗lgan po‗latdan,
alyuminiy qotishmalaridan, misdan va bironzadan
yasalgan detallar, normal alanga bilan payvandlanadi va suyuqlantirib
qoplanadi.
Kam uglerodli po‗latdan yasalgan detallarni gazli payvandlashda
flyus ishlatmasa ham bo‗ladi. Ayrim metallarning va ularning
qotishmalarining oksidlari kimyoviy birikish
reaktsiyasiga kirishmagan
hollardai erituvchi flyuslardan foydalaniladi. Erituvchi flyuslar
jumlasiga har qil xlorid va ftoritlar kiradi. Atsetilen kislorod yordamida
payvandlash bilan avtomobillarni eshiklari, qanotlari, kuzovlari va
kabinalari, shuningdek, qalinligi 0,8 dan 2,5 mm gacha bo‗lgan
listli
materiallardan yasalagan qismlarini ishlash imkoniyati tiklanadi.
137
Gazli payvandlash rejimi deganda, gorilkaning quvvati, payvand-
lash alangasining tarkibi, gorilkaning chok yo‗nalishiga qiyalik
burchagi, gorelka harakatining chok o‗qiga nisbatan yo‗nalishi va
gorelkaning chok bo‗ylab surilish tezligi tushuniladi.
Payvandlash
rejimini tanlaganda biz payvandlanayotgan metallning turiga, detalni
o‗lchamiga, payvand chokining vaziyatiga bog‗liq bo‗ladi. Biz
payvandlash gorelkasining quvvatini, gorelkani soatiga atsetelin
o‗tkazish imkoniyatini quyidagi tenglama yordamida aniqlaymiz.
S
A
Q
bu yerda A – payvandlanayotgan metalni qalinligi, mm: S – 1mm
qalinlikdagi metalni payvandlashda, bir soatda sarflaydigan atsetilenning
(tajriba orqali aniqlanadigan) miqdorini ko‗rsatuvchi koeffitsiyent.
Dostları ilə paylaş: