Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
esa
 
qoplama 
hisobiga biroz ortadi


140 
qoplamaning 
qalinligi 
ortishi 
bilan 
detalning 
egilishga 
ko‗rsatadigan qarshiligi (agar kuchlanish asosiy metall kesimi bo‗ylab 
hisoblansa) bir qadar oshadi, egilishdagi solqilik esa qoplamaning 
qalinligiga deyarli bog‗liq bo‗lmaydi; 
qoplamaning buralish burchagi asosiy metallning buralish 
burchagiga nisbatan uncha katta bo‗lmaydi. 
Shunday 
qilib, 
metallangan 
detallarning 
mustahkamligini 
hisoblashda detalning metallanishdan oldingi o‗lchamlarini hisobga 
olish kerak. Faqat siqilish ta‘sirida bo‗lgan detallar uchun kuchlanishni 
(yuklanishni) oshirish mumkin, chunki qoplama siqilishga yetarli 
darajada qarshilik ko‗rsata oladi. Metallash usuli bilan mexanik 
mustahkamligi yetarli darajada bo‗lgan detallarnigina ta‘mirlash 
mumkin. 
Katta miqdorda yeyilgan detallarni boshlang‗ich o‗lchamlari 
bo‗yicha ta‘mirlashda yeyilishga qarshiligi yuqori, zanglashga turg‗un 
va boshqa xususiyatlarga ega bo‗lgan qoplamalar olishda detallarni 
metallash usuli qo‗llaniladi.
Biror usulda mayda (3–30 mkm) o‗lchamga kelgunga qadar 
suyuqlantirilgan metall zarrachalarni detalning oldindan tayyorlab 
qo‗yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140-300 
m/sek) tezlik bilan purkash jarayoni
metallash
deyiladi. Metalni 
suyuqlantirish va purkashda foydalaniladigan mexanizm
metallizator
deyiladi. 
Detallarni metallash yo‗li bilan ta‘mirlash zamonaviy usullardan 
hisoblanadi. Metallashda o‗lchamlari 3—300 mkm bo‗lgan eritilgan 
metall zarrachalari siqilgan havo (yoki inert gaz) oqimida avvaldan 
tayyorlangan detal sirtiga 100— 300 m/s tezlikda urilib, unda shu metall 
qatlamini hosil qiladi. Bunda detalning asosiy metali bilan purkalgan 
metallning birikishi ular orasidagi mexanik va
 
molekulyar bog‗lanishlar 
hisobiga sodir bo‗ladi. 
Purkaladigan materialni eritish usuliga qarab metallash gazli, 
elektrli va plazmali turlarga bo‗linadi.
Gazli metallashda 
yonilg‗i 
sifatida atsetilen, propan va boshqa gazlar qo‗llanilishi mumkin. 6.13 - 
rasmda atsetilen-kislorod gazlari alangasida metallni qizitish va eritish 
sxemasi keltirilgan. Atsetilen va kislorod aralashmasi kanal 
2
bo‗yicha 
berilib alanga
 4
hosil qilinadi. Atsetilen-kislorod alangasi
 4
metallizator 
soplosining markaziy teshigi orqali uzatiladigan sim 3 ni eritadi. Kanal 1 


141 
orqali o‗tayotgan siqilgan havo yordamida esa suyuqlantirilgan metall 
ta‘mirlanadigan detal 5 ning sirtiga purkaladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin