37
Himoya qatlamlarining, shu jumladan konstruksiyalarning yuza qatlamini buzilishini
keltirib chiqaruvchi bosh omil quyidagi ta’sirlar natijasida
kelib chiquvchi kuchlanish
hisoblanadi:
1)
Konstruksiya, xususan uning himoya qoplamasi kirishish va ko’pchish
jarayonlari holatida namlikning notekis taqsimlanishi;
2)
Haroratning notekis taqsimlanishi;
3)
Konstruksiyaning yoki uning himoya qoplamasining hususiy og’irligi;
4)
Konstruksiyaga bo’ladigan shamol yuklanishi;
5)
Mexanik ekspluatatsiya yuklari.
Agar keyingi 3 turdagi ta’sirlar hisoblashlarda yuzalarga olib va qo’llansalar,
birinchi, ikkinchi turdagi ta’sirlar muxandislik hisoblarida xozircha deyarli hisobga
olinmaydi. Binobarin o’tkazilgan tadqiqodlardan shu narsa ma’lum bo’layoptiki birinchi,
ikkinchi tur namlanish va harorat o’zgarishni ta’siri ostida yuzaga keluvchi kuchlanish
buzilishda asosiy omil bo’lib qolayapti.
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmi.
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmining 3 turini ajratish mumkin:
1)
adgeziyali;
2)
to’siqli;
3)
aralash.
Himoya
mexanizmi
adgeziyali
bo’lgan
qoplamalar
uchun
qoplamaning
konstruksiyaga bo’lgan adgeziyasini,
uning elastikligi, mexanik mustahkamligini v harorat
o’zgarishida barqarorligini ta’minlash muhim hisoblanadi. Bunday qoplamalarda tashqi muhit
namligini o’zgarishini keltirib chiqaradigan ichki kuchlanish nomaqbul hisoblanadi. Atrof
muhit havosining nisbiy namligi 60-65% dan pasayish qoplamalarda ichki kuchlanishning
rivojini va mexanik buzulish natijasida ularni ishdan chiqilganini keltirib chiqaradi.
Plyonkalarni namlik bo’yicha ekspluatatsiya qilishda eng qulay rejim 65% atrofida bo’lgani
hisoblanadi.
To’siqli mexanizmga ega bo’lgan qoplamalar uchun himoya plyonkasining diffuzion
tavsifi katta ahamiyatga ega. Bunday plyonkalarning mexinik xossalarining yuqori bo’lishi
shart, zero tajavuzkor muhitning ta’sir etishida uning butunligini saqlash muhim hisoblanadi.
Amaliyotda ko’pincha himoya mexanizmi aralash bo’lgan qoplamalar uchraydi.
Bunday qoplamalarning qo’llanishi plyonkalarning adgeziyali, mexanik va diffuzion sifatlari
birday ahamiyatga ega bo’lganligi ba’zan plyonka qalinligini oshirish yo’li bilan to’siqli
38
sifatni ta’minlashga intiladilar. Biroq plyonka qalinligini oshirish
adgeziyani pasayishiga va
plyonkaning himoya sifatlarini yomonlashuvchiga olib keladi.
Himoyalanish mexanizmidan qat’iy nazar qoplama sifatining muhim ko’rsatkichi IK-
spektroskopiya usuli bilan aniqlanishi mumkin bo’lgan ularning ximiyaviy barqarorligi
hisoblanadi.
Adgeziyali himoya mexanizmiga ega bo’lgan qoplamaning umrboqiyligini adgeziya
ko’rsatkichi bilan yoki plyonkaning mexanik hossalari bo’yicha aniqlash mumkin.
Aralash himoya mexanizmiga ega qoplama uchun umrboqiylikni korroziya
boshlanishi vaqti bo’yicha yoki konstruksiya korroziyasining tezligi bo’yicha aniqlash qulay
hisoblanadi.
Panellarning tashqi pardozida darzlar vujudga
kelishi yuza qatlamining, ba’zan esa
devor jismini buzilish jarayonidan darak beradi. Hosil bo’lgan darzlar konstruksiya ichiga uni
buzish mumkin bo’lgan namlik, kislorod, tuz changlari, tajavuzkor gazlarni o’tkazib yuboradi.
Ayniqsa katta panellarda haroratning o’zgarishidan kelib chiqadigan darzlar xavfli
hisoblanadi.
Klinik shifoxonaning maydoni betondan qilingan panellarini faktura qatlamidagi
darzlarni hosil bo’lishi va rivojlanishini uzoq vaqt asliy tadqiq etish uning bosh sababini
aniqlash imkonini beradi:
1)
devor qalinligi va panel yuzasidagi uchastkalar bo’yicha turli beton qatlamlari
kirishish devormatsiyasining notekisligi;
2)
har bir panelning va umuman binoning temperatura deformatsiyasi;
3)
tashish va montaj qilishning noto’g’ri amalga oshirilishi va boshqa omillar.
Zaifroq ashyolarda darzlar kattaroq o’lchamga ega bo’ladi. Masalan, kvarsli
to’ldiruvchidan iborat faktura qatlami karbonatli mayda donaligiga
qaraganda qaraganda
tezroq buziladi.
Qoplamaning himoyalanish mexanizmiga va konsturksiyaning yuza qatlamidan kelib
chiqib, ularning xizmat muddati ularning asosiy himoya sabablari bo’lgan:
-
adgeziya va o’tkazmaslikni yaxshilanganida;
-
himoya qoplamasi ostida namlik yig’ilishini notekis etuvchi o’tkazuvchanlikni
chegaralanganda oshishi aniqlanadi.