42
Bino ko’pgina ayrim qismlar yoki konstruktiv unsurlar
va muhandislik qurilmalari
tizimlari bo’yicha quyidagi tartibda o’tkazish tavsiya etiladi:
1-
xovli hududi va obodonchilik unsurlari;
2-
poydevorlar va erto’la xonalari, shu jumladan o’txonalar;
3-
tashqi devorlar va fasad unsurlari, ularga balkonlar, karnizlar,
suvni bartarf
etish qurilmalari ham qo’shiladi.
4-
Tom va uning shamollatish tuzilmasi, chordoq xonalari, chordoq
orayopmasining isitgichi;
5-
qavatlararo xonalar (chordoqdan yorto’laga
qadar tepadan astga tomon
amalga oshiriladi), bunda orayopmalarning ham holati aniqlanadi.
6-
Binoning sanitar-texnik va boshqa muxandislik qurilmalari.
Bino unsurlarining texnik holatini tashqi ko’rik yo’li bilan va ekspluatatsiya
jarayonida olingan ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi. Lozim hollarda komissiyaning qarori
bo’yicha konstruksiyalarni olib ashyo sifatini (mustahkamlik, anmlik va shu kabilar) aniqlash
uchun namunalar olinadi, tekshiruv hisoblashlari amalga oshiriladi.
Konstruksiya va
qurilmalarning holatini aniqlashdagi murakkab hollarda ixtisoslashgan tashkilotlar va
ekspertlarni jalb etish lozim.
Turar-joy uylarini ko’rigida yog’och konstruksiyalarni (yog’och balkalar,
xonalardagi, kanalizatsiya va quvur o’tkazgichlardagi, er to’lalardagi o’rta devor va pollar)
albatta ko’rib chiqish kerak.
Ko’rik vaqtida binolarning konstruktiv unsurlari va qurilmalarida deformatsiya va
boshqa buzilishlar qaydi etilganida ularning o’lchamlari va shikastlanish darajasi aniqlanadi.
Agar shikastlanish konstruksiyaning yuk ko’tarish qobiliyati va barqarorligini pasaytirsa yoki
bino yoki qurilmaning ekspluatatsiyaviy sifatini yomonlashtirsa (yuk ko’taruvchi unsurlarni
deformatsiyalanish va buzilish, qo’yilma unsurlarning zanglashi va boshqalar), u holda aholi
havfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar qo’llash kerak
va deformatsiyaning bundan
keyingi o’sishini oldini olish lozim (muvaqqat mahkamlagichlar va boshqa muxofaza ishalri).
To’la yig’ma turar-joy uylarini ekspluatatsiya qilishda ko’riklar rejasidan tashqari
ekspluatatsiyaning dastlabki 2 yilida: tomlarni, tashqi burchaklarni,
panellarning vertikal
choklarini, po’lat qo’yilma detallarni kuzatib borish kerak.
Bahorgi ko’rik natijalari ko’riklar jurnali hujjatlarida o’z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: