16 YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 8-SON (YOʻTA) Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng birinchi oʻrinda mamlakat tarixi qayta
oʻrganilib, unga boʻlgan munosabat qayta koʻrib chiqildi. Qachonlardir mensimay „bosmachi“
deb atalganlar endi milliy-ozodlik kurashchilari deb koʻklarga koʻtarilmoqda. Shunda bir savol
tugʻiladi: „bosmachi“ nima degani?
“Bosmachi” soʻzi aslida turkiy “bosmoq” (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida
“bosmachi” deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar
tushunilgan.
4
Sodda qilib aytganda, „bosmachi“ „qaroqchi“ degani. Qizil terrordan oldin oddiy
odamlar talonchi va oʻgʻrilarni aynan shunday nom bilan atashgan. Unda nega
ulugʻ Sovetlar mamlakatining grajdanlari 5
ozodlik uchun kurashgan Shermuhammadbek, Muhammad
Aminbek, Ibrohimbek kabi yuzlab qoʻrboshilarni “bosmachi” deyishgan? Javob oddiy: sovet
davlati endi shakllanayotgan payti oʻziga tegishli qilib olgan hududlarida yangi siyosiy, milliy
va madaniy kartinani shakllantirish harakatida boʻladi: eskilik sarqiti deb hisoblangan har
qanday taʼlim muassasalari yopiladi, markscha-lenincha ruhga toʻgʻri kelmagan gazetalar
taqiqlanadi, faqat hukumat tasdiqlagan jaridalar va maktablar omon qoladi. Natijada
maʼlumotlar vakuumi yaratiladi. Bundan bolsheviklar aʼlo darajada foydalanishadi: sotsialistik
siyosatga yot boʻlgan gʻoyalarni har qanday nom bilan atab, odamlarga oʻzi istagan koʻrinishda
koʻrsata oladi.
Partiya barcha hujjatlarni va barcha xotiralarni nazorat qiladi. Demak, u oʻtmishni boshqaradi. Voqelik adashishi mumkin boʻlgan oʻtkinchi individual ongda emas, partiyaning jamoaviy va oʻlmas ongida mavjuddir. Partiya haqiqat deb hisoblagan narsa haqiqatdir. 6 Qizil hukumat “bosmachi” kabi iboralar bilan ozodlik harakatining mohiyatini
soxtalashtirdi, sovet rejimi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib
borilgan qurolli kurashni tahqirladi va istiqlolchilarni oddiy xalq koʻzida qaroqchi-banditlar
bilan tenglashtirib qoʻydi. Bunday siyosat tufayli talonchilar ham, tuzumga qarshi
kurashchilar ham umumiy soʻz bilan ifodalanadigan boʻlib qoldi.
Zero Abadiy fashizm Yangitilda soʻzlaydi. Fashistik adabiyot kambagʻal lugʻat va primitiv sintaksis bilan ajralib turadi, uning maqsadi oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga olib keluvchi vositalardan iloji boricha cheklab borishdir. 7 Bosmachimish... Bunday demish qay bemaʼni, Tutmaydimi bir kun uni beklar qoni... Hamma sizdek oʻz yurtini suysa qani! Behuda qon toʻkmadingiz, “bosmachilar!” 8