20 YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 8-SON (YOʻTA) kommunalarga birlashtirila boshlandi. Kosiblarning do‘konlarigacha tortib olindi. Dehqonning
kuniga yarab turgan otlar armiya ixtiyoriga olindi.
26
Yuqorida sanab oʻtilgan iqtisodiy sabablar bilan birgalikda sovet hukmatining aynan
shunday xunrezliklari oddiy xalq orasida dushmanga qarshi qoʻlga qurol olishdan boshqa
imkoniyat qoldirmaydi. Avval Fargʻonada muxtoriyat qoʻshinining tirik qolgan qismlari mulla
Ergash qoʻrboshi boshchiligida Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻida mudofaa istehkomlarini
qurib, dushmanga qarshi jihod eʼlon qildilar, keyin Muhammad Aminbek va
Shermuhammadbek qoʻrboshilar atroflariga yigitlar toʻplab, yurt, din va nomus himoyasiga
otlandilar, keyinchalik Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor qoʻrboshilar, ularga
yordamga kelgan turk harbiy arboblar Anvar posho va Salim posholar qoʻlga qurol oldilar.
Yana yuzlab qoʻrboshi va minglab er yigitlar butun Turkiston boʻylab islom bayrogʻini yuqori
koʻtargan holda istiqlol uchun kurashga bel bogʻladilar.
Uyingizda sizni kutdi, kel, deb toʻram, Kelinchaklar kokillari taram-taram, Koʻngilga yor sigʻarmidi yurtda qaram?.. Jangohlardan jilmadingiz, “bosmachilar”. 27 XULOSA Sovet davrida shakllangan totalitar mafkura tufayli yurt tarixi
bogʻimizni bosib ketgan bir- biridan semiz choʻchqalar 28 irodasiga boʻysungan holda buzib, notoʻgʻri, chalkash qilib
koʻrsatib kelindi. Yurt uchun kurashganlarga malomat tamgʻasi bosildi, yolgʻon, oshkora
soxtalashtirish va mutlaqlashtirish natijasida tarix haqida notoʻgʻri xulosalar kelib chiqdi.
„Bosmachilik“ deb atalgan fenomenning kelib chiqishini oʻrganishning oʻziyoq ushbu harakat
qaroqchilik yoki bosqinchilik boʻlmaganligini koʻrsatadi. Ammo yurt uchun kurashgan er
yigitlar qanday atalishidan qatʼi nazar, muhimi xalq oʻz qahramonlarini unutmaydi. Vatan
farzandlarini unutmaydi.
Qayga tarqab ketgan boʻlmang, qay zamonda, Sizning asov qoningiz bor bizning qonda. Unutmagan sizni hech kim Turkistonda, Xonlarga teng hurmatingiz, “bosmachilar!..” 29 Adabiyotlar: 1.
Abdulhamid Choʻlpon. Binafsha [matn]. – T.: «Adabiyot» nashriyoti, 2021.
2.
Abdulla Qodiriy. Oʻtkan kunlar. — T.: «Navroʻz», 2019.
3.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar: J. III. Dramalar, maqolalar. – T.: “Maʼnaviyat”, 2003.
4.
Bosmachilik: haqiqat va uydirma: davra suhbati. «Sharq yulduzi» jurnali, 3-son, 1991.
5.
Fridrix Engels. Emigrant adabiyoti. 1874.
6.
Furqat Ergashev. Qalqon qoʻshigʻi. — Toshkent: «Navroʻz», 2019.
7.
Hamid Olimjon. 1924-yilning 22-yanvarida Samarqand. 1938.
8.
Jonrid Abdullaxonov. Tarki dunyo [matn]: roman-xronika. – T.: “Oʻzbekiston”, 2009.
9.
Jorj Oruell. 1984 [matn]: roman. – Toshkent: “Nihol”, 2021.
10.
Kazimir Vasilevskiy. Oʻrta Osiyoda bosmachilik harakati fazalari. 1929.
11.
Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: “Maʼnaviyat”, 1999.
26
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. “Shermuhammadbek qo‘rboshi”.
27
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”.
28
Muhammad Yusuf. “Hindu qoʻshigʻi”.
29
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”.