18 YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 8-SON (YOʻTA) hukumatiga qarshi yoʻnalgan boʻlgan, shuning uchun ham 1916-yilgi qoʻzgʻolonni keyinchalik
„bosmachilik“ka bilvosita aloqasi bor deyish maqsadga muvofiq boʻladi.
Milliy-ozodlik harakatining kelib chiqishiga bevosita sabablar 1917-yilning 25-
oktyabridagi Petrogradda yotadi: aynan shu kuni bolsheviklar Muvaqqat hukumatni toʻntarib,
mamlakatda oʻzlarining hokimiyatini oʻrnatdilar.
Oktyabr inqilobi muvaffaqiyatidan keyin markscha gʻoyalarga toʻyingan, ammo oʻzi
ulugʻlagan kommunizmning asosiy prinsiplaridan biri boʻlgan „boshqa xalqlarni ezib yotgan
xalqning oʻzi ozod boʻlishi mumkin emas“
15
jumlalarini oʻqimay tashlab ketgan,
tarix soʻnginda buyuklardan buyukroq chiqqan oʻrtoq Lenin 16
1917-yilning 22-noyabrida musulmon
mehnatkashlariga murojaat qiladi: „Bundan buyon sizlarning urf-odatlaringiz, sizlarning
milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb eʼlon qilinadir. Oʻz milliy
hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtira boringiz, sizlarni bunga haqqingiz bor. Sizlar
oʻzlaringiz oʻz vataningizning hokimlari boʻlishingiz lozim. Sizni bunga haqqingiz bor, chunki
sizlarning taqdiringiz oʻzlaringizning qoʻlingizda“.
17
Oʻrtoq Leninning vaʼdalariga ishongan Turkiston ziyolilari tomonidan 26-28-noyabr
kunlari Qoʻqonda qurultoy chaqirildi va
27-noyabrning milliy laylatulqadrimiz boʻlgʻon yarim kechasinda 18
kuni Turkiston Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi tarkibidagi
muxtoriyat deb eʼlon qilindi.
Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat eʼlon qilindi va siz biling-ki, haq olinur, berilmas. Inchunun, muxtoriyat-da olinur, berilmas. 19 15
Fridrix Engels. “Emigrant adabiyoti”.
16
Koʻp eskidir olam va unda koʻp buyuklar oʻtgandir, biroq, biroq Lenin tarix soʻnginda buyuklardan chiqdi buyukroq! Hamid Olimjon. “1924-yilning 22-yanvarida Samarqand”.
17
Vladimir Lenin. “Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga”.
18
Abdurauf Fitrat. “Muxtoriyat”.
19
Mahmudxoʻja Behbudiy. “Qozoq qarindoshlarimizgʻa ochiq xat”.