Turopereyting


Tayanch so‘zlar va iboralar



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə45/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125
Turopereyting

Tayanch so‘zlar va iboralar: metodika, ishlab chiqish usuli, turning mavzusi, majmuali usul, xarita usuli, xaritalashtirish, gid-boshlovchi, rekreatsiya, biologik xilma-xillik, turistik resurs, turistik ekskursiya, tabiiy muhit. tamoyillar, turistik marshrutning tamo yillari, turistik mazmundorlik, turistik jozibadorlik, turistik imko niyatlar, ko‘p variantlilik, turistlarning yuki, turistik axborotlanganlik.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullarini so‘zlab bering.
Turistik marshrutlar mavzularining tur nomlarini anglatishi haqida nimalarni bilasiz?
Jozibadorlik, betakrorlik va imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
Mazmundorlik va faoliyatlilik tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
Ko‘p variantlilik, qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarini so‘zlab bering.


7-MAVZU. TURISTIK MARSHRUTLARNING TASNIFI VA MARSHRUTDA XIZMATLAR KO‘RSATISHNI TASHKIL QILISH
Reja:
7.1. Turistik marshrutlarning tasnifi
7.2. Transport, joylashtirish, ovqatlantirish va marshrutdagi ekskursiya xizmatlari dasturi.


7.1. Turistik marshrutlarning tasnifi
Turistik marshrutlarni tasniflashda hozirda juda ko‘p fikrlar bildirilayapti. Ba’zi tasniflar turistik marshrut mavzulari bo‘yicha yozilmoqda. Turistik marshrutlarni turizmdagi tur mavzulari bo‘yicha tasniflash mumkin. Chunki turning mavzusi marshrut sharoitini bildirmaydi. Masalan: ekologik turizm marshruti turistni u hoxlagan ekologik maskanga olib boradi. Ekoturistik marshrut deganda ana shu ekologik maskanga qanday sharoitda va qanday vositalar yordamida etib borishni tushunish lozim bo‘ladi.
Shuning uchun ham turistik marshrutlarni harakatlanish vositalari, yo‘llar, mavsumlar va darajalari va hakozolar bo‘yicha tasniflash mumkin. Lekin, shu holatlarni qayd qilish mumkinki, amaliyotda turistik marshrutlar tasniflarining qandaydir e’tibor bilan ishlatilishi unchalik samaralarga hozircha ega emas. Turistik marshrutlarning tasnifini o‘rganish faqat turizm sohasidagi bilimlarni ko‘paytiradi xolos.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin