Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə44/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Alisher otasining nasl-nasabini ayting.
2.Alisher onasining Kobuldan eklanligini isbotlab bering.
3.Alisher uch yarim yasharligida yodlagan bayt muallifi va bayt mazmunini eslang.
4.Nega oila Sherozga ko’chdi?
5.Husayn Boyqaro-Navoiyning ko’kaldosh va hammaktabi ekanligini aytib bering.

2-asosiy masala: Madrasa tahsili. Samarqand, Mashxad va Hirot.


O’qituvchining maqsadlari: Alisherning madrasada o’qishi haqida ma’lumot berish orqali talabalarda o’qishga va bilishga muhabbatni tarbiyalash.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Alisherning qayerda o’qiganini bila oladi.
2.Iste’dod uchqunlariga ustozlar olqishi guvoh bo’ladi.
3.O’qishi va hayot mashaqqatlarini tasavvur etadi.
2- asosiy masalaning bayoni:
Alisher o’smirligidan she’r mashqini boshlagan edi. U ustozlar bilan g’oyibona maktub orqali (Mir Shohiy) va bevosita uchrashib o’z iste’dodi mahsullarini ularning nazarlaridan o’tkazar edi.14-15 yoshlarida Alisher Mavlono Lutfiy huzuriga borib:
Orazin yopqoch kuzumdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.
Kut bir bodomu yerim go’shai mehrob edi.
G’orati din etdi nogah bir balolig’ ko’zu qosh…

Tarzida boshlanadigan g’azalini o’qib berib, uning tahsiniga sazovor bo’ldi. To’qson yashar ustoz – malikul kalom dedikim: «Vallox, agar mumkin bo’lsa edi, men o’zimning forsiy va turkiy tillarida aytgan o’n – o’n ikki ming bayt she’rimni shu g’azalga almashar edim»…Alisher o’n to’rt yoshida otadan ajraladi. U bu paytda Hirotda madrasada edi. So’ng Mashhadda o’qishini davom ettirdi. 1457- yilda Abulqosim Bobur vafot etib, taxtga Abusaid Mirzo chiqdi. Navoiy 1459- yilda Hirotga qaytib, o’qishini davom ettiradi. 1460- yilda Abu Said Mirzo saroyiga xizmatga kiradi. Navoiy Mashhadda davrning mashhur shoir va mutafakkirlari Kamol Turbatiy va Sayyid Hasan Ardasherlar bilan tanishdi, do’stlashdi. Ayniqsa, Kamol Turbatiy bilan tanishishlari voqeasini Alisher Navoiy «Majolis un- nafois» tazkirasida qayd etgan. Alisher 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Chunki u Foniy taxallusi bilan forsiy g’azallar ham mashq qila boshlagan edi. Bu uchrashuv ularning bir umrlik do’stligiga zamin bo’ldi. 1465- yilda Abu Said Mirzo Alisherni Samarqandga jo’natdi. Shoirning o’zi bu safarni «Majolis un- nafois» da o’qish maqsadida deb izohlagan. Bobur bu haqda «Boburnoma»da eslagan, biroq sababini bilolmaganini aytgan. Samarqandda Alisher madrasa tahsilini davom ettirdi: Fazlulloh Abdullaysiy singari mashhur mudarrislar nazariga tushdi va iltifotiga sazovor bo’ldi. Samarqandda yashagan yillar hokim Ahmad Xojibek hamisha unga murabbiylik va homiylik qildi, shoirni e’zozladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin