Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə46/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari :
1.Alisher Navoiyning mansab darajalarini ayting.
2.Navoiy tuzgan devonlarni birma-bir sanab bering.
3.Hirotlik xamsanavislarni bilasizmi?
4.”Hiloliya” qaysi janrdagi asar? U nima munosabat bilan yozilgan?


4- asosiy masala: Navoiy - qaynoq ijod qo’ynida.
Navoiyning 1969 – 1501 yillarda kechgan hayoti haqida so’zlaganda vaqt tig’izligini shoirning o’z iborasi «bosh qashishga vaqti bo’lmagani» bilan izohlash mumkin. Chunki u Sulton Husayn Boyqaro saltanatining eng faol vakili, davrning maxsuldor shoiri, el, Ollox xizmatkori, hammaga do`stu- dushmanga yaxshilik sog’inuvchi amaldor va so’fiy edi. Shunchalik shaxsiy bandlik azoblariga, uning o’zi qayd etgan eng og’ir chidab bo’lmas azob – yakka – yolg’izlik uning manglayiga bitilgan edi. Chunki Ollox uni elga va o’ziga xizmatga atagan edi.
Shunday bir sharoitda u o’ttizdan ortiq umrboqiy asarlarni: badiiy va ilmiy mahsullarni yaratishga muvaffaq bo’ldi. O’z ijodi misolida ikki buyuk xizmatni o’rinlatdi:
Birinchidan, turkiy adabiyotni forsiy ulkan adabiyotga yelkadosh qildi;
Ikkinchidan, o’zbek adabiy tilini ikki - uch boyitdi. Darvoqe, bu nima evaziga: Bir kishi qanday qilib tilni uch baravar boyita oladi? Forsiy va arabiy til evaziga! Bu juda suniy urinish emasmi? Yo’q, chunki ibtidoiy maktab o’quvchisi uch tilda darslik mutolaa qiladi. Arab, fors va turkiy tilda. Badiiy va ilmiy asarlar esa, asosan savodli kishilarga mo’ljallanadi. To’g’ri, Navoiy ijod qilgan – yasagan so’zlar ko’p. Biroq ko’pchiligini u arab va fors tillari xazinasidan olgani ma’lum.
Shoir o’z umri davomida yetti devon tuzdi: «Badoe ul bidoya» , «Navodirun nixoya» ,«Xazoyin ul maoniy», «G’aroyib us sig`ar», «Navodir ush shabob», «Badoe ul vasat», «Favoidul kibar» , «Devoni Foniy».
Agar 1465- yilda Sulton Ali Mashxadiy tuzgan «Ilk devon » ni ham bu safga qo’shsak, Navoiy devonlarining umumiy manzarasi aniqroq bo’ladi.
«Xamsa » dostonlari o’zbek mumtoz adabiyoti faxriga aylandi. Bu va «Xazoyin un maoniy» Navoiy ijodiy haykalining mohiyatini tashkil etadi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun ustoz Jomiy ham shogird Zahiriddn Muhammad Bobur ham, dastparvarda Xondamir ham turkiy tilda hech kim Navoiychalik ko’p va yaxshi she’r yozmaganligini qayd etganlar… Navoiy mislsiz g’azallar va mislsiz dostonlar ijodkori sifatida tanildi va tan olindi. Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandariy» dostonida Navoiyning bu xizmatlarini ataylab tan olgan edi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin