30.Insho yozishga tayyorgarlik
Insho – ma’lum bir mavzu asosida o`z fikrlarini izchil tarzda, so`z
qo`llashda mahorat bilan, dunyoqarashini ishga solib qog`ozda
bayon etishdir.
Bayondan farqi shuki, bunda matn emas,faqatgina mavzu beriladi
xolos. Ana shu mavzuga bo`lgan shaxsiy fikr-mulohazalaringizni
yozasiz.
Inshoning yana bir jihati borki, siz avval qoralama (xomaki)sini
yozib olasiz.Mabodo, unda xato yoki nuqsonlarni ko`rsangiz,
to`g`irlashga imkon bor.Yoqmagan joyini boshqa jumlalarga
almashtirishingiz ham mumkin. Hammasidan ko`ngil to`q
bo`lgandan keyin esa oq qog`ozga yaxshilab ko`chirib berasiz.
Inshoga ham reja tuzish lozim bo`ladi.Sodda shaklda 4-5 talik
reja yetarlidir.
1-mashq.Hozir biz siz bilan insho uchun berilgan mavzularga
rejalar tuzishga urinib ko`ramiz.
Mening jonajon mahallam
Reja : 1.Men tug`ilgan mahalla bilan tanishuv
2.Mahallamiz aholisi va ko`chalari
3.Mahallamiz tabiati
4.Bizning urf-odatlar
5.Nima uchun faxrlanaman?
Endi mana shu reja asosida qoralama daftaringizga insho yozishni
boshlang. Rejaning har bir qismiga 3-4 qator yozishga harakat
qiling.Yozib bo`lgach, xatolarini tekshiring.
Sizga yordam bo`lishi uchun eslatma :
*Rejaning har bir qismini yozishdan oldin puxta o`ylang, nimalar
haqida yozishingizni.
*Bitta so`zni hadeb takror ishlatavermang.
*Gaplaringiz mazmuni bir-biriga bog`liq va davomli bo`lsin.
*Tinish belgilariga rioya qiling.
|