Uchun ishlagan



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/33
tarix09.05.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#115717
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Uchun ishlagan

31.Insho namunasi 

 

1-mashq.Aziz o`quvchi, siz hozir quyida yozilgan insho namunasi 

bilan diqqat bilan tanishing. Rejalarning qanday tuzilganiga e’tibor 

qiling. Rejaning har ustuniga qancha hajmda yozish mumkinligini 

hisobga oling.Insho yozishni o`rganing. 

 

Ko`hna Samarqand 



        Reja: 1.Samarqand qanday shahar? 

          2.Tarixiy obidalari 

          3.Samarqand bozori haqida 

          4.Samarqand nonlari va taomlari 

          5.Mening sayohatdan olgan taassurotlarim 

 

    Samarqand – yurtimizdagi eng go`zal va tarixiy shahar.U 



O`zbekistonimizning avvalgi poytaxtidir.Amir Temur bobomiz 

Samarqandni durdona asar etib barpo qilgan.Bog`lari ko`p.Suvlari 

mo`ldir.Viloyatning ham markazi hisoblanadi.Samarqand shahriga 

samolyot, tezyurar poyezd, avtobuslar qatnaydi. 

    Samarqandda ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar ko`p. 

Madrasalar, koshonalar, masjidlar, karvonsaroylar, maqbaralar va 

yana boshqa ko`plab imoratlar bor. Shu obidalarni tomosha qilish 

uchun dunyoning barcha mamlakatlaridan sayyohlar tashrif 

buyurishadi. Qadamjolarni ziyorat qilib, u yerda suratlarga tushib

Samarqandning go`zalligidan bahramand bo`ladilar. 

   Samarqandning dunyoga mashhur Siyob bozori bor. Unda 

sayyohlarni lol qoldiruvchi mahsulotlar mavjud.Milliy taomlari, 

milliy liboslari, turli-tuman holvalar bisyor. 

    Ayniqsa, o`ziga xos nonlari butun dunyoga dong taratgan.Meva-

cheva, esdalik buyumlari, hunarmandchilik asarlari kabi narsalar 

barchaga manzur bo`lmoqda. 

   Men Samarqandga bir marta borganman.Tezyurar “Afrosiyob” 

poyezdida zavq-u, shavq bilan tomosha qilib bordim. Ustozimiz biz 

bilan birga edilar.Biz eng avval Amir Temur hazratlarinig 

maqbaralarini ziyorat qildik.Registon, Shohi Zinda va boshqa 

majmualarni maroq bilan tomosha qildik.Bozorda bo`ldik. 

Sayohatdan olam-olam taassurotlar oldik.  

 




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin