Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
3.
Qaysi shoir Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, «Ato»
(«Ota») deb olgan? Atoyi
4.
Atoyining nisbat berilgan qabri qayerda? Hozirgi Qozog‘istonning Turbat
qishlog‘ida unga nisbat berilgan qabr bor.
5.
Qaysi shoir Turbat qishlog’ida tug’ilgan va qaysi asarida atoyiga Nisbatan
Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya ta’riflangan? Turob To’la “Yetti
zog’ara ”
6.
«Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur,
darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida
she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Deb kim ta’rif
bergan? A. Navoiy («Majolis un-nafois») asarida
7.
... Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...» fikr kim haqida?
Atoyi
8. “Nasoyim ul muhabbat” asarida Atoyini Navoiy kimning avlodlaridan deya
ataydi: Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li
9.
Atoyi Umar Xayyom va Hofiz ijodini bo’g’lab turuvchi timsol nima? hayot
zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi.
10.
Atoyi ijodi haqida qaysi hukm to’g’ri berilgan.
A) Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og‘zaki nutqqa
oid so‘zlar ko‘p.
B) G‘azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda
yozil- ganlari ko‘proq;
C) vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va ravon.
Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan.
D) Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o‘ziga xos tasvir vosita va
usullaridan ham unumli foydalangan.
E) Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda
ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-
Peterburgda saqlanadi.
11.
Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv
bila yutsa bo‘lur. Aruzning qaysi bahrida yozilgan va taqdisini ayting. -V - - / - V
- -/ -V--/-V - foilotun / foilotun / foilotun / foilun Ramali musammani mahzuf
12.
Atoyining lirikasida asosiy xususiyatlarni sanab bering.
A)
Atoyi - lirik shoir. U o‘z she’rlarida nozik xayol, sinchkov
nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go‘zal, esda
qoladigan o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘ali tasvirlar yaratadi.
B)
Bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar
ekan, oyog‘i og‘riydi, «yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa» deb
nozlanadi. «Bo‘yra» - qamishdan sholchaga o‘xshatib to‘qiladigan bir
|