Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahrni aruz doirasiga
qo‘shganlarki, u qimmatli nusxa mutolaa qilinsa, bu nukta ma’lum bo‘ladi».
15. Navoiy muammo haqida «Mufradot» nomli bir asar ham yozgan.
16. Alisher Navoiy yirik va hassos tilshunos olim hamdir. Uning 1498-yilda
yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari tilshunosligimiz xazinasidagi bebaho
gavhardir.
17. Unda alloma adib, o‘z tili bilan aytganda «nazm gulistonining andalibi
nag‘masaroyi» sifatida eski o‘zbek tilini, uning badiiy uslubini ilmiy-nazariy
jihatdan har tomonlama asosladi, turkiy til imkoniyatlarini amaliy jihatdan isbotlab
ko‘rsata oldi.
18. Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratadi.
O‘zbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir so‘zdagi
ma’no nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan ko‘rsatib beradi.
19. U arab, fors, hindiy tillari qatorida o‘zbek tilining ham eng qadimiy
tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi.
20. Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etadi. Buning uchun
u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq birorda ham u xolislikdan chekinmaydi.
21. Adib turkiy tildagi yuzta fe’lni keltirib, ularning ma’nosini anglatadigan
so‘zlarning fors tilida mavjud emasligini ko‘rsatadi. Yoki so‘z ma’nolari orasidagi
tafovutlarga alohida urg‘u beradi.
22. Asarda yig‘lamoq fe’lining eng baland va doimiy ma’nosi qayd etiladi.
Uning yonidagi yig‘lamsinmoq fe’lida esa ma’noning ozayishi hisobiga
yangilanishi aks etadi.
23. Ingramoq va singramak ham yig‘lash ma’nosini beradi. Faqat ularda «dard
bila yashurun ohista yig‘lamoq» ma’nosi ustunroq.
24. Siqtamoq esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda «biyik un bila»,
ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham bor. Bunga o‘kurmak deyiladi.
25. Adib fikrini davom ettirib shunday yozadi: «Chun o‘kurmak muqobalasida
forsiy tilda lafz yo‘qtur».
26. Bunday fikrlar keltirilar ekan, adib ularni ko‘pincha she’riy misralar
vositasida tasdiqlaydigan misollarni ham keltiradi. Jumladan, qabog‘ so‘zining
ma’nosi ko‘z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma’noni
ifodalaydigan alohida so‘zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi
baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi.
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
Alisher Navoiy ona tilidagi so‘zlarning barcha imkoniyatlaridan imkoni boricha
to‘liqroq foydalanishga harakat qildi. Zamondoshlari tilidagi faol va nofaol
so‘zlarni o‘z asarlariga kiritib, ularning bizning zamonamizgacha yetib kelishini
ta’minladi. O‘zi ko‘plab yangi so‘zlarni yaratdi, oldindan qo‘llanib kelayotgan
so‘zlarning yangicha ma’no tovlanishlarini kashf qildi, tilning ifoda
imkoniyatlarini amaliy jihatdan ham juda kengaytirdi.
27. Olimning sinonimlar, omonimlar, atamashunoslik borasidagi fikrlari ham
|