Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
1.
«Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur...» g’azalining – – V / V – V – / V – –
taqdesini o’qing. Aruzning qaysi bahrida yozilgan?
maf’uvlu / mafoilun / faiylun Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
2.
Qaysi g‘azalning boshdan oyoq tardi aks san’atga asoslanadi? «Ko‘zung
ne balo qaro bo‘lubtur...»
3.
so‘zlarining o‘rni almashib qo’llanishi natijasida hosil qilingan san’at nima
deyiladi? Tardi aks
4.
«Qaro balo» “Balo qaro” so’zlari qanday ma’noda kelganligini ayting? 1
sifat 2 qaramoq fe’l
5.
Qaro so’zining ikki xil ma’noda kelishi qaysi badiiy san’atni yuzaga
chiqargan? Iyhom
6.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo‘lubtur. Mazkur
baytdagi «yuz jon» ifodasiga e’tibor bering va izohlab bering. U metonimiya
sifatida yuzta odam, ya’ni oshiqni anglatadi.
7.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo‘lubtur. Baytidagi
yuz jon so’zidan tashqari yana qanday ma’no tovlanishlari bor? uning «oshiqning
barcha joni» shakli ifodalaydigan ma’nosi
8.
Mumtoz adabiyotdagi kimni qahri qattiqligi va vafosizligi bilan
«mashhur». Ma’shuqa
9.
Begona bo‘lubtur oshnodin, Begonag‘a oshno bo‘lubtur. Baytida qaysi
san’at qo’llangan? iyhom, tardi aks
10.
Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy, Rahravg‘a baqo fano bo‘lubtur. Baytida
qaysi san’at qo’llangan? Tazod, Tardi aks
11.
«Boqiy» va «foniy» so’zi so’zlarining shakl va ma’no munosabatiga ko’ra
turini aniqlang Zind ma’noli Antonim
12.
Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy, Rahravg‘a baqo fano bo‘lubtur. «rahrav»
so’zi qanday ma’noni anglatadi? «yo‘l yuruvchi», ya’ni «solik»
13.
Solikning asl maqsadi nima? baqo-boqiylik, mangulikdir.
14.
To tuzdi Navoiy oyati ishq, Ishq ahli aro navo bo‘lubtur. Qaysi san’at
yetakchilik qiladi? Tardi aks
Dostları ilə paylaş: |