Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

57.  Abdurahmon Jomiy: «Kel, Jomiy, umr bo‘yi mashaqqat tortib, ko‘nglingdan 

shu «besh ganj»ni dunyoga chiqarding. Sening bu «Besh»ing («Xamsa»ng) 

shunday kuchli panja bo‘ldiki, daryokaflar qo‘li buralib ketdi... Biroq har xazi- na 

o‘lchovchi (ya’ni yetuk shoir) qalamidan bu o‘tar dun- yo «Besh xazina» bilan 

boyigandir. U «Besh»liklarga sening «Besh»ing qachon tenglashardi? Ularning bir 

xazinasi sening yuz xazinangdan yaxshidir. Xususan, u panjaki, ganjadan sar- 

panja urganda Sher kabi o‘z sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qo‘shiq 

kuyladiki, jodu nafaslilar og‘zi muhrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar 

yog‘ilsin! Chunki bu yoqim- li naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, 

forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda 

boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida 

Nizomiy kim-u, Xusrav kim bo‘ldi? U boshqa tilda so‘z yuritganidan aqlga orada- 

gi farqni ajratish uchun yo‘l qolmadi. Ey (Navoiy), sening tab’ing so‘z ustodidir. 

Qalaming ochqichi bilan so‘z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib ketgan va xorlik 

burchagidan o‘rin olgan (turkiy) so‘zga sen yangidan obro‘ berding. Uni ijod 

maydoniga olib chiqding. U sening ra’ying nuridan safoli bo‘ldi, lutfing navosi 

(boyligi)dan navoli (bahramand) bo‘ldi». 

58.  Rashidiy: «U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib 

taqaladi. Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan. Mir 

Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan do‘stlashgan. Sulton Husayn mirzo 

pod- shoh bo‘lgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad 

qadrlab, g‘amxo‘rliklar ko‘rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday 

g‘amxo‘rlik qilgan». 

59.  Hakimshoh Qazviniy: «Hech kim turkiy she’rni undan yax- shiroq ayta 

olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». 

60.  Xondamir: «874-yilning boshlarida Mirzo Yodgor Muhammad Hasanbek 

turkman yordami bilan Xurosonni qo‘lga kiri- tish payiga tushdi. Sultoni 

Sohibqiron (Husayn Boyqaro) esa bir to‘da amir va qo‘shinni dushmanga qarshi 

yuborib, ular orqasidan o‘zi ham jo‘nadi. Nusrat nishonli bayroqlar Mash- haddan 

o‘tganda, dushmanning yaqinlashgan xabari ilg‘or askar boshliqlariga ketma-ket 

eshitildi. Shu sababdan zafar bayroqli podsho dushman tomonga tezlik bilan 

harakat qilish xohishini bildirdi. Ammo uning muborak tiliga vaqt belgi- lash 

uchun munajjim chaqirilsin degan so‘z keldi. Bu vaqtda ulug‘ martaba egasi va 

hazrat sultonning yaqin do‘sti (Alisher Navoiy) arz qildiki, munajjim chaqirib, 

paytning yaxshi-yomonligini hozirda tekshirishning foydasi yo‘q. Chunki payt 

muvofiq bo‘lsa yo bo‘lmasa ham ishini kechiktirish mumkin emas va tezlik bilan 

harakat qilish lozim»... Biroz yurilgan- dan keyin ishni boshlash uchun otlanib 

chiqishning maqsadga g‘oyatda muvofiq ekanligi aniq ma’lum bo‘ldi».  

«Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har 

ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsada, uning o‘tkir tab’i (ning 

moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga ortiqroq edi». 

 

 



 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin