Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
Pedagogning kasbiy kompetensiyasi oʻz-oʻzidan shakllanmaydi, balki uning shakllantirish bosqichlari mavjud boʻlib, ushbu bosqichlar asosida pedagog kadrlar tarbiyalanadi va shakllanadi. Ular quyidagi bosqichlardan iborat:
Yuqorida bayon etilgan pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligi komponentlari pedagogning yutug‘ini kafolatlaydigan omillar hisoblanadi.
Pedagog kadrlarning faoliyatini innovatsion boshqarishda uning kasbiy refleksiyasi muhim rol oʻynaydi.
Kasbiy refleksiya – o‘zini-o‘zi bilish, tushunish, anglash, boshqarish, nazorat qilish va baholash demakdir.
Oʻz faoliyatini har kuni refleksiya qilish pedagog kompetensiyasini rivojlanib borishi uchun muhim zamin hisoblanadi.
Pedagog kasbiy kompetentligi yoʻnalishlari
Pedagogik-psixologik tayyorgarlik boʻyicha: ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan oʻqitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; psixodiagnostika usullaridan foydalanish; oʻqitish shakllarida oʻqitish metodlari va vositalaridan oʻrinli foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllashning nazariy asoslarini bilish.
Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va oʻtkazish mahorati boʻyicha: seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga qoʻyiladigan didaktik talablarni; didaktik maqsadlar asosida mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun reproduktiv oʻquv topshiriqlarini ishlab chiqish; fanlararo, mavzulararo bog‘lanishni amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: |