Umumiy pedagogika


Ta’lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari boʻyicha



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə114/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Ta’lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari boʻyicha: ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega boʻlish, oʻqitish jarayonida talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini bilishi; talabalarni jamoaga birlashtirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, bajarilgan ishni baholay olish, oliy ta’limda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini, pedagogik etika me’yorlarini amalda qoʻllash.
Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish boʻyicha: talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy – pedagogik zarurati va nazariy asoslarini oʻzlashtirish; iqtidorli talabalarni aniqlash diagnostikasi, mustaqil ishlarning tashkiliy va oʻquv – metodik ta’minotini yaratish yoʻllarini bilish, oʻquv materiali mazmuni asosida vosita, metod va shakllarini samarali tanlash va uyg‘unlashtira olish.
Talabalar oʻzlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik boʻyicha: talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari; reyting tizimi, nazorat turlari uchun differensiallashtirilgan topshiriqlarini tuza olish; bilish faoliyatidagi tipik kamchiliklar va xatoliklarni aniqlashni oʻrganish.
Oʻzini–oʻzi kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik boʻyicha: ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan oʻzlashtirish, ularning rivojlanish tarixi, fanda erishilgan yutuqlar, muammolar, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalaridan xabardor boʻlish; darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv – metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali va oʻrnida foydalanish.
Mutaxassislik bilim, koʻnikma va malakalari boʻyicha: fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va obyekti, asosiy metodlari; fanga qoʻyiladigan asosiy talablar; umumiy yuklama hajmi va uning taqsimoti; fan boʻyicha tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlajak mutaxassisga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari; ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish, kasbiy faoliyat jarayonini tashkil etish va boshqarish; fan taraqqiyotining axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan boʻyicha kasbiy kompetentlik darajasi; fanning oʻquv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviyligi ta’minlanganligi; fanning taraqqiy etish muammolari va yechimlarini tahlil qilish.
“Muhim kompetensiyalar” tushunchasi chet el olimlari tomonidan taqdim etilgan koʻplab zamonaviy modellar asosida yotadi. “Muhim kompetensiyalar” insonning egallagan koʻnikma va malakalarini kasbiy faoliyat jarayonida qoʻllash, shuningdek, amallarni bajarishning umumlashgan usullaridan foydalanish qobiliyati sifatida talqin etiladi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin