Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə122/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Pedagogik diagnostika (tashxislash) esa – nazorat qilish va baholash usullarining jamlanmasi boʻlib, bu ta’lim jarayonini optimallashtirish, ta’lim oluvchilarga differensial yondashish hamda ta’limiy dasturlar va pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlarini takomillashtirish orqali namoyon boʻladi. Pedagogik diagnostikaning maqsadi oʻquv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, oʻz vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Pedagogik diagnostikaning vazifalari:

  • shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirishni ta’minlash;

  • oʻqituvchining professional diagnostikasi natijalarini toʻg‘ri belgilab olish;

  • pedagogik xatoliklarga yoʻl qoʻyishni minimal darajaga tushirish;

  • oʻquvchining qoʻshimcha izlanishi uchun turtki berish;

  • bola shaxsining samarali rivojlanish sharoitlarini belgilash;

  • pedagog faoliyatini baholash (ya’ni, professional mahoratiga baho berish);

Pedagogik diagnostikaning vazifalari (N.K. Golubev va B.P.Bitinas boʻyicha)

Qaytar aloqa

Pedagog oʻz faoliyatini nazorat qilmay turib, oʻquvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir koʻrsata olmaydi.

Baholash

Pedagogik faoliyatning natijasini baholash erishilgan natijalarni mavjud etalon, mezonlar bilan solishtirish orqali roʻy beradi.

Tarbiyaviy

Ta’lim oluvchilarning munosabatlari, qadriyatlari, motivatsiyasini rag‘batlantirish va muayyan faoliyatni bajarishga ongli ravishda yoʻnaltirishda namoyon boʻladi.

Kommunikativ

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining individual – tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxslararo munosabatlarga kirishish malakalarini shakllantiradi.

Konstruktiv

Ta’lim jarayonini tashkil etishga oʻzgartirish kiritish va korreksiyalashga xizmat qiladi.

Informatsion

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini pedagogik diagnostika natijalariga oid ma’lumotlar bilan qurollantiradi.

Prognozlash

Pedagogik rivojlanishning istiqbollarini bashoratlash imkonini beradi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin