Umumiy pedagogika


Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə125/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, oʻqitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik oʻrganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1). rivojlanishida turli kamchiliklar boʻlgan bolaning korreksion – kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash va uning nuqsonlarini tuzatish;
2). differensiatsiyali oʻqitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
3). anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4). rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
5). bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yoʻqotish yoki kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6). anomal bolalikning oldini olish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
7). anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi kategoriyalarga ega:
1.Anomal bolalarni oʻqitish va rivojlantirish ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqish vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki koʻrish qobiliyatini yoʻqotish vaqti alohida ahamiyatga ega.
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan koʻra koʻproq darajada oʻqitishga bog‘liq. Shuning uchun anomal bolalar oʻqitilmasa yoki oʻqitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi susayadi, normal tengdoshlaridan ortda qolish darajasi oshadi, nuqsonlar oʻta jiddiy boʻlsa, aqliy rivojlanish imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanib, uni maxsus maktablarda tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayon oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga, imkoniyati darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash, buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlari darajasini pasaytirishga yordam beradi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin