Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə127/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

7.Ijtimoiy adaptatsiya(yunoncha «adapto» – moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari hamda qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bola ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda qiynaladi, unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu boisdan, murakkab talablarni bajarishga layoqati yetishmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bola uchun ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish imkonini yaratadi.
8. Oilaviy tarbiyareabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb koʻnikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.
Shuningdek, “Wikipedia.rg Internet” ensiklopediyasida maxsus ta’limga muhtoj shaxslar quyidagi turlarga boʻlingan: aloqa faoliyatining buzilishi (koʻr, kar, soqov), aqliy faoliyatning buzilishi, jismoniy imkoniyati cheklanganlik (moʻrt suyak kasalligi, yarim miya falaji, mushak distrofiyasi kabilar) va rivojlanishida nogironlik belgilari mavjud boʻlgan insonlar51.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo boʻlish sabablari
Aqli zaiflikni oʻrganish bilan bog‘liq masalalar korreksion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni oʻqitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va oʻrganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi – oligofrenopedagogika tomonidan oʻrganiladi. “Oligofreniya” (yunoncha olygos – kam va phren – aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qoʻllanilgan.

Oligofreniya – bu natal (tug‘ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.

Oligofreniyaning sabablari bosh miya faoliyatining buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar boʻlishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmos) hamda turli tug‘ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og‘rishi, ruxsat etilmagan dori-darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlar olishi, ayollarning zararli ishlab chiqarish sohasida ishlashi, atrof-muhit ta’siri, chekish, alkogolizm, ota-onalarining giyohvand moddalarni is’temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab boʻlishi mumkin.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin