Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni oʻzlashtira olmaydigan oʻquvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya disfunksiyalari ekanligini koʻrsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan (PROQ) bolalar predmetlarni oʻzlashtira olmaydigan oʻquvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi.
PROQ bolalar rivojlanishini koʻrsatuvchi anomaliya sifatida oʻrganish XX asrning 50 – yillari oxirida boshlanib, 60 – 70 – yillarda keng ommalashdi.
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi toʻrt variantini keltiradilar:
Maktabga borayotgan psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladilar. Ular ta’lim olishga toʻla tayyor emaslar, ularda maktabda oʻqish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini oʻzlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Maxsus yordamsiz hisoblash, oʻqish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni oʻrgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Bunday bolalarda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Koʻpincha boshlari og‘riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari. Oʻzbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan. Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPK ning xulosasi boʻyicha ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligiga koʻra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar oʻquvchidan iborat boʻladi.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o‘qitilishi mumkin.
Bunday sinflarda ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi 1. Boshlang‘ich umumiy o‘rta ta’lim (ta’lim muddati 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o‘rta ta’lim (ta’lim muddati 5 yil).
Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga koʻra ommaviy umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga oʻtkazilishlari mumkin.Ikkinchi bosqichda (V-IX sinflar) ta’lim ayrim oʻzgartirishlar (muayyan oʻquv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy oʻrta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa – bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy oʻquv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.