Nutqida nuqson boʻlgan oʻquvchilarni korreksion oʻqitish. nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari Nutq – faqatgina insonga xos boʻlgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda toʻldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol oʻynaydi. Bundan tashqari (anatomic-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik) funksiyalarning buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) ham sezilarli ta’sir koʻrsatadi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarning ikki turi ajratiladi:
tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda koʻriladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi yirik guruhlarga ajratish mumkin:
og‘zaki nutqning buzilishi;
yozma nutqning buzilishi.
Nutqiy buzilish,nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o‘qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya shug‘ullanadi. “Logopediya” terminining yunonchadan tarjimasi “to‘g‘ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutahassislar – fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o‘rganiladi.
Og‘zaki nutqning buzilishi oʻz navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1) nutq ifodalanishi fonatsion tuzilishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2) fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qoʻllashga yoʻnaltirilgan boʻlib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yoʻnaltirilgan korreksion-rivojlan- tiruvchi ta’sir koʻrsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikasiyalashga koʻra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi) ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qoʻllashdagi buzilishlar.