Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə128/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga koʻra turlicha boʻladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1. Ona qornidaligida miyasi shikastlangan bolalar.
2. Tug‘ilishi paytida yoki tug‘ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning sezilmas (kam), oʻrtacha, og‘ir va chuqur toʻrt darajasini e’tirof etgan:
Kam darajadagi aqli zaiflik oʻquvchilar maktabni bitirish davrida oʻzlarining psixometrik va klinik namoyon boʻlishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib boʻlmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni korreksiya qilib boʻlmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat tadqqiqotlarda maxsus (korreksion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan toʻg‘ri yoʻl tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini koʻrsatmoqda.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Aqli zaif bola bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni oʻz vaqtida oʻtkazish juda muhim.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarda tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog‘chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog‘chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda oʻqitish maxsus bolalar bog‘chasidagi kabi maxsus dastur boʻyicha amalga oshiriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda oʻqitiladi, bu yerda oʻqitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur boʻyicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy oʻrta ta’lim fanlari (ona tili, oʻqish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, jismoniy tarbiya, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlar ham oʻqitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi muhim oʻrin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq professional xususiyatga ega boʻlib, bolalar oʻzlari bajara oladigan kasbni oʻzlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega boʻlib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va oʻzlariga toʻg‘ri baho berishga oʻrgatishdir. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab – internatlar tashkil etadi.

Nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim soxasi – logopediya (yunoncha “logo” – “so‘z” va “paideia” – “tarbiyalash”) shug‘ullanadi. Patogen omil tas’irida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korresion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Unga biror narsaning tushunarsiz boʻlishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas. Bu holat bolaning keyingi oʻquv materialini mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy oʻrta ta’lim maktabida oʻqitish ota-onalarining bevosita ishtirokini talab etadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin