Umumiy pedagogika


KORREKSION PEDAGOGIKANING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə124/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

KORREKSION PEDAGOGIKANING NAZARIY ASOSLARI

Pedagogik lug‘atda «korreksiya» so‘zining (yunoncha «korrectio» – tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizim yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta'kidlab o'tiladi. «Korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga muhtoj bo'lgan, sog‘lig‘i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.(Новоторсва Н.В. Коррекционная педагогика и специальная психология. Словарь.-М.: Педагогика,1999.)

Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lari boʻlgan oʻquvchilarni korreksion oʻqitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya – yunoncha “defectus” – nuqson, kamchilik, “logos” – fan, ta’limot.) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va oʻqitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarinioʻrganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar koʻp vaqt boʻlmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qoʻllanib kelingan.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan normal va mavjud kamchilikli faoliyat oʻrtasidagi nomuvofiqlikni yoʻqotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-oʻqitish, psixokorreksion faoliyatning ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal oʻquvchilarni oʻqitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yaxlit jarayondir.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin