7. Oʻz ustida ishlashi – jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan oʻzini–oʻzi rivojlantirib borish. Hissiyotini boshqarish.
Ta’lim sifatini oʻzgartirishda oʻqituvchi kompetentligining roli
1. Tashkilotchiijtimoiy pedagog oʻquvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi.
2. Sinf yetakchisi sinfda ijobiy psixologik muhit yaratadi va ta’sir koʻrsatadi.
3.Metodist ta’lim jarayonida oʻquvchilarning muammoni yechishlariga yordam beradi va qoʻllab – quvvatlaydi.
4. Faylasuf bilim va tajribalarni tahlil qiladi, oʻz qarashlarini asoslaydi.
5. Tajribali yaqin doʻst oʻquvchilar oldidagi toʻsiq va muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
6. Tadqiqotchi novator yangilik yaratuvchi-muntazam ravishda oʻz ustida ishlaydi, yangi g‘oyalar yaratadi, tatbiq etadi.
7. Oʻquv jarayoni rahbari va uni rag‘batlantiruvchisi maqsadga yetish vositalari, istiqbolini nazarda tutadi, oʻqitish uslublarini tanlaydi, oʻquvchilarni oʻqishga oʻrgatadi, ijodiy yondashadi.
8. Oʻzaro ta’sir koʻrsatuvchi jamoa boʻlib ishlay oladi va ishlashga oʻrgatadi.
9. Maslahatchi shaxsiy namunasini oʻrgatadi.
10. Tarbiyachi oʻquvchilarga jismonan, aqliy va ma’naviy tomondan rivojlanishlariga yordam beradi.
11. Psixolog oʻzini yaxshi biladi va tushunadi.
12. Oʻzgarishlarga yoʻnaltiruvchi oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini yaxshilashga yordam beradi.
13. Ma’lumotlarni taqsimlovchi oʻquvchilarga asosiy yangi ma’lumotlarni yetkazadi va amaliyotga tatbiq etishga oʻrgatadi.
“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarning mohiyati.
Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo boʻldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi koʻnikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
fikr ravonligi
qiziquvchanlik
fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olish
farazlar yaratish
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya)
o‘ziga xoslik (originallik)
Kreativlik oʻqituvchilarning zamon bilan hamnafas, ijodkorlik bilan ish olib borishi demakdir. Oʻqituvchi faoliyati ijodiy-innovatsion yondashuvlarni talab qiladi. Demak, oʻqituvchi-pedagogning ijodiy fikrlashini “Oʻqituvchining kreativ tafakkuri” deb tushunamiz. Kreativ tafakkur zamonaviy dunyoda boshqaruvning eng muhim funksiyalarini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |