Umumiy pedagogika


PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə109/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI


XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir, Alisher Navoiyning yaqin doʻsti Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (taxm. 1440–1505 y.) bola tarbiyasida muallimning alohida oʻrni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli boʻlishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar toʻg‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: “Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida oʻquvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l boʻlish maqsadga muvofiqdir”.
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy oʻz asarlarida tarbiyachi – muallim foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, oʻzida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan boʻlishi kerak. Oʻzini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi.
Pedagog olim Komil Zaripov oʻqituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “Ilg‘or oʻqituvchi”, “Ijodkor oʻqituvchi”, “Novator oʻqituvchi” timsolida asoslaydi va shunday ta’riflaydi:
“Ilg‘or oʻqituvchi”, avvalo, boshqa oʻqituvchilarga qaraganda oʻz ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni oʻrganib, oʻz darslarida, ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qoʻllaydi. SHu orqali u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qoʻlga kiritadi.
“Ijodkor oʻqituvchi”da ham “Ilg‘or oʻqituvchi”dagi xususiyatlar boʻlishi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‘or oʻqituvchi mavjud manbalarni oʻrganib, shular asosida ta’lim – tarbiya boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor oʻqituvchi bor manbalarga tanqidiy koʻz bilan qaraydi”43.
“Novator oʻqituvchi” oʻzining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator oʻqituvchilar ilmiy tahlil, oʻziga tanqidiy koʻz bilan qaray bilish xususiyatlariga ham ega boʻladi.
Oʻqituvchi pedagogik mahoratini “Oʻqituvchilarning axloqiy shakllanishi” yoʻnalishida oʻrgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning muhim manbasi axloq deb ta’kidlab, kasbga oid axloq normalarini shunday ta’riflaydi “Faoliyatning ma’lum bir sohasi bilan shug‘ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. Har bir jamiyatda hukmron boʻlgan axloq bilan kasb axloqi oʻrtasida ma’lum bir munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik oʻrtasidagi munosabatdir. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidalari va kamchiliklarini oʻzida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi”44.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin