ZIYONET AXBOROT – TA’LIM PORTALI ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘i Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish toʻg‘risida”gi 2005-yil 28-sentabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNet axborot tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarga bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan iborat. ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek axolining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta'minlash, AT sohasida kerakli ma'lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni oʻz zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:
1. ZiyoNet portalining kutubxonasiga ahborot – ta’limiy ma'lumotlarni joylashtirish.
2. Uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt – satelitlarni yaratish.
3. ZiyoNet portalining yopiq boʻlimlariga kirish va u yerdan ma'lumot olish.
4. ZiyoNet axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.
An'anaviy va elektron shakldagi oʻquv materiallari yagona ta’lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini toʻldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishga xizmat qiladi.
Yagona axborot portalning yaratilishi quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi maqsad qilingan:
– respublika pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot muhiti tashkil qilinadi;
– yagona kutubxona muhitini shakllantiriladi (elekron kutubxonani yaratilishi, elektron darsliklar va noan'anaviy axborot tashuvchilar fondining shakllanishi, yagona ma'lumotlar bazasini yaratilishi va hokazo.);
– pedagogik ta’lim sohasida yagona telekommunikatsiya tarmog‘i muhiti yaratiladi;
– yangi axborot-ta’lim muhitini shakllantiradi, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy-psixologik asoslari takomilashtiriladi;
– yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish orqali pedagogik ta’lim sifati oshiriladi;
– yangi ta’lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta'minoti tizimini yaratiladi;
– ta’lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni ta'minlashi, hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini tizimlashtirishi, respublikada pedagogik ta’limning holati boʻyicha axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligi amalga oshiriladi;
– masofaviy ta’lim tizimi rivojlantiriladi.