Umumiy pedagogika


Keys – texnologiyasini loyihalashtirish



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə215/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Keys – texnologiyasini loyihalashtirish. Oʻqituvchi harakatlarining izchilligi:

  • ishchi dasturi asosida oʻquv mashg‘uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg‘ulot/mustaqil ish/ oʻquv amaliyoti);

  • oʻquv mashg‘uloti maqsadini oydinlashtiradi, oʻquv mashg‘ulotidan kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi;

  • ta’limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda qoʻyilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan oʻquv natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta’lim metodlari, shakl va vositalari majmui)ni tanlaydi.

Keysning tekshirilishi va baholanishi. Yaratilgan keys ekspert tekshiruvidan va bahosidan oʻtishi kerak. Quyidagilar tekshirish usullari boʻlishi mumkin:
1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan koʻrib chiqilishi va unda bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi.

Keysning pedagogik pasporti:

  • Pedagogik annotatsiya;

  • Keys;

  • Ta’lim oluvchiga uslubiy kо‘rsatmalar;

  • О‘qituvchi-keysologning keys yechimi bо‘yicha varianti;

  • О‘qitishning keys texnologiyasi
2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, oʻqituvchi-keysologning keysning ta’limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi usulidir.


Keys texnologiyasini amalga oshirishda oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:

  • tayyorgarlik bosqichi;

  • asosiy bosqich: keys texnologiyasini amalga oshirish

  • tahliliy, baholovchi bosqich

2. “Keys-stadi” yordamida talabalar egallaydigan bilim, koʻnikma, malakalar
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi koʻnikma, malakalarga ega boʻladi:

  1. Tahliliy koʻnikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).

  2. Amaliy koʻnikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qoʻllay bilish).

  3. Ijodiy koʻnikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).

  4. Muloqot koʻnikmalari (unga koʻra talaba bahs-munozara olib borish, oʻz nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash koʻnikmalarini oʻzlashtira bilishi zarur).

  5. Ijtimoiy koʻnikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda oʻzgalarning fikrlarini qoʻllab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va oʻzini boshqara olishi lozim).

  6. Oʻz-oʻzini tahlil (bahs-munozara jarayonida oʻzini tuta bilishi, boshqalarga namuna boʻlishi muhim)

Har oʻqituvchi keys-stadiga asoslangan oʻquv topshiriqlarining puxta asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy- didaktik xarakterga ega boʻlishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab etiladi:
- maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan ortiq) tushunilmasligi;
- savol yoki topshiriqlar ma’lum darajada murakkab boʻlishi;
- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi;
- tezda oʻzining amaliy ahamiyatini yoʻqotmasligi;
- milliy xususiyatlarni oʻzida namoyon eta olishi;
- ta’limning barcha yoʻnalish yoki sohalariga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi;
- dolzarb ahamiyatga ega boʻlishi;
- talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi;
- bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi;
- bir necha yechim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta’minlay olishi

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin