-topshiriq. Quyidagi sxema boʻyicha “Zam” texnologiyasi asosida oʻquvchilarning rivojlanishidagi nuqsonlarning turkumlari, ularning sabab va oqibatlarini yoriting
3-topshiriq. Quyidagi sxema boʻyicha “Zam” texnologiyasi asosida oʻquvchilarning rivojlanishidagi nuqsonlarning turkumlari, ularning sabab va oqibatlarini yoriting
Ta’lim paradigmalarining qanday turlarini bilasiz?
1. 2. 3. 4. 5...
№
An’anaviy-konservativ
Texnokratik
Ezoterik
Gumanistik
1.
2.
3.
4.
5.
...
Mustaqil ta’lim mavzulari: Tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish hamda boshqarishning nazariy aspektlari.
Ta’lim muassasalarida milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
Oʻquvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalari.
Oʻquvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimini rejalashtirish shakllari.
Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari .
Keyslarning sinflari turlari, janrlari va taqdim etish usullari.
Oʻquv keyslarining muhim xarakterli jihatlari va zamonaviy oʻqitish amaliyotida oʻquv keyslarining turlari
Mavzuning qisqacha mazmuni Soʻnggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni oʻrinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati haqida soʻz yuritiladi.
Asosiy tushunchalar: “keys-stadi”, keys, keys sinfi, keys turi, keys janri, oʻquv keysi, keysning pedagogik pasporti, keys tipologiyasi, oʻqituvchi faoliyati, keys metodi
“Keys-stadi” texnologiyasi
“Inson jamoada yoki vaziyatlarda uzoq yillar davomida oʻrganilishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqotlar nashr etila boshlangan edi. Agar ish jamoaga yoʻnaltirilgan boʻlsa, jamoaning xulqini har tomonlamma oʻrganadi, jamoadagi har bir insonning xulqini emas 86.
Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni oʻrganish va tahlil qilishga oʻrgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi.
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qoʻllanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qoʻllanila boshlangan. Keyslarning ilk toʻplami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yoʻlidagi harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi.
Ta’limda qoʻllaniladigan “Keys-stadi”ning tayyor variantlari ham mavjud boʻlib, ularni sotib olish mumkin. Biroq, eng samarali yoʻl har bir fan boʻyicha keyslarning mustaqil yaratilishiga erishishdir. Birgina Garvard universitetida yiliga 700 ta keys ishlab chiqiladi. Ularning narxi 10 $. Ammo ba’zi keyslarning narxi 500 ta 1000 $ gacha. London biznes maktabi va boshqa biznes maktablar oʻzlarida 340 nafarga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan holda keyslarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Texnologiya talabalarda predmetni oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqishni, amaliy koʻnikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va toʻg‘ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol oʻzlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.
“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 1) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish kо‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya; 2) real vaziyatlarni bayon etishda qо‘llaniladigan о‘qitish texnikasi
Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Tahlil kо‘nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.
Noaniqliklar mavjud bо‘lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash kо‘nikmalarini shakllantirish