Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə235/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Yetakchi modellar





Ikkilamchi model

Birlamchi model





Aralash model

Konsorsium





Validatsiya



Franchayzing





Uzoqlashtirilgan auditoriyalar



Loyihalar




3-rasm. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari.

Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib beriladi.


1. Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga koʻra ta’limning kunduzgi shakli zarur boʻlmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; oʻqituvchi va ta’lim oluvchilar oʻquv faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va oʻquv jadvallariga qat’iy chegaralar qoʻyilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan boʻlib, ularda ta’lim oluvchilar oʻqituvchilardan maslahat olish, yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega boʻladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat koʻrsatadi).
2. Ikkilamchi model (unga koʻra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, oʻqitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil boʻlib, e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovatsiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi Yangi Angliya universiteti (University of New England) shu model asosida ishlaydi).
3. Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini oʻzaro parallel ravishda oʻzlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin