Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə236/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

4. Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar oʻquv materiallarini oʻzaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni oʻzaro boʻlishib olgan holda bajaradi; m: bir universitet masofaviy ta’lim uchun oʻquv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual oʻquv guruhlarini oʻqituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiyasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin; Kanadadagi Yetakchi modellar
5. Franchayzing (ingl. “franchise” – “litsenziya”, “huquq”; oʻzaro hamkor universitetlarning bir-birlariga oʻzlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalar-da, konsorsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega boʻladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan oʻzaro hamkorlikka erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni tashkil etadi).
6. Validatsiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga koʻra oʻzaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi oʻquv kurslari, dasturlarini akreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul boʻladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.).
7. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga koʻra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qoʻllaniladi; bir oliy oʻquv yurtida tashkil etilayotgan oʻquv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining oʻquv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron telekoʻrsatuv, videoanjuman va radioeshittirish koʻrinishida uzatiladi; oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televedeniye universiteti (China Central Radio and TV University)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi.
8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun moʻljallanadi; asosiy e’tibor oʻquv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan oʻqituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach (tugatilgach) yakunlanadi;
Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ular (2-rasm):


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin